Kontent qismiga oʻtish

Pyotr Tyanshanskiy-Semyonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pyotr Petrovich (Tyanshanskiy) Semyonov (1906-yilgacha Semyonov) (1827.2.1, hozirgi Lipetsk viloyati — 1914.26.2, Peterburg) — rus geografi, jamoat arbobi. Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1873). Rossiya Geografiya jamiyati vitseraisi (1873— 1914). Davlat kengashi aʼzosi (1897). Peterburg universitetining tabiiyot boʻlimini tugatgan (1848). 1849-yildan Sharqiy Yevropa tekisligida ekspeditsiya ishlari olib borgan. A. Ritgerning "Osiyo yer bilimi" asarini rus tiliga tarjima qilgan. 1856—57 yillarda Tyanshan (Tangritogʻ) togʻlarini oʻrganib, uning dastlabki orografik va vertikal zonallik sxemasini tuzgan, katta balandlikdagi qor chegarasida katta muzlik borligini aniqlagan va buni iqlimning quruqligiga bogʻliq ekanligini toʻgʻri tushuntirgan (Tyanshanni ilmiy urganganidan 50 yil oʻtgach, uning familiyasiga "Tyanshanskiy" deb qoʻshib aytiladigan boʻldi). Markaziy Osiyoni tadqiq qilish boʻyicha yirik ekspeditsiyalarni uyushtirishga S.T. bevosita yordam koʻrsatgan. Rossiya geografiyasiga oid koʻp jildli asarlar yaratishga rahbarlik qilgan, 700 mingga yaqin hasharot toʻplab, kolleksiya tuzgan. Oʼ

  • Memuari, t. 1, 3—4, Peterburg, 1915— 1917 (t. 2 pereizdaniye, pod nazvaniyem Puteshestviye v TyanShan, Moskva, 1946).
  • Petr Petrovich Semyonov-TyanShanskiy. Yego jizn i deyatelnost, sb., L., 1928.