Kontent qismiga oʻtish

Pyotr Lebedev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Petr Lebedev

Petr Nikolayevich Lebedev [1866. 24.2(8.3) - Moskva - 1912. 1(14)3] -rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan. Moskva universiteti professor (1900—11). 1891-yilda oʻzidan nur chiqaradigan jismlar orasida oʻzaro itarishish kuchi mavjudligini, bu esa yorugʻlik bosimi tufayli ekanligini hamda yorugʻlik bosimi taʼsirida dumli yulduzlar paydo boʻlishini isbotlagan. Birinchi boʻlib millimetrli elektromagnit toʻlqinlarni qosil qilgan (1895) va ularni oʻrgangan. Qattiq jismlarga (1899) va gazga (1908) yorugʻlik bosimi taʼsir etishini kashf etgan va uni oʻlchagan. Bu bilan u yorugʻlikning elektromagnit nazariyasini miqdor jihatdan tasdiqlagan. Yer aylani-shining yer magnetizmini hosil boʻlishiga taʼsirini oʻrgangan. Rossiya Fanlar akademiyasi fizika instituti uning nomi bilan ataladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil