Kontent qismiga oʻtish

Istehzo madrasasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pushaymon madrasasidan yoʻnaltirildi)
Madrasa
Istehzo madrasasi
Pushaymon madrasasi
Muhammad Nabi madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Koʻkaldosh MFY, Xoja Porso koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad Nabi
Homiylar Muhammad Nabi
Binokorlik 19091909-yilda
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Turistik xizmat koʻrsatish obʼekti
Hujralar soni 15
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Istehzo madrasasi (Pushaymon madrasasi; Muhammad Nabi madrasasi)Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Markaziy Osiyodagi eng kichik madrasa. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasa 1909-yilda Buxoro amirligi poytaxtining Oybibi inoq (Oybinok) guzarida, oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida, Muhammad Nabi mablagʻlari evaziga bunyod etilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Muhammad Nabi asosan dehqonchik bilan shugʻullangan va gilam bilan tadbirkorlik qilgan. Buxoroga Denovdan kelib qolgan[2]. Madrasaning yillik vaqf mulki 22 ming tangaga teng boʻlgan[3].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda restavratsiyalash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 5 million soʻm mablagʻ ajratildi[4].

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], hozirda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan[4].

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli , Xoja Porso nomdagi koʻchada joylashgan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan, 15 ta hujradan iborat[2][3]. XIX asrda Oybinok masjidi va Ibrohim ohund madrasalari bilan birga mustaqil meʼmoriy ansamblni tashkil etgan[5].

Naql qilinishicha, Muhammad Nabi farzandlari bilan janjallashib qolganidan soʻng uyini madrasaga aylantirishga ahd qiladi va buni vaqf tarzida rasmiylashtiradi. Biroq keyinchalik oʻgʻillari bilan yarashib, qaroridan qaytmoqchi boʻladi. Lekin vaqf mulkiga aylangan mol-davlat birovning mulki boʻla olmasligi sababli u maqsadiga yetisholmaydi va bundan qattiq afsuslanadi. Shuning uchun xalq orasida bu madrasa Pushaymon madrasasi yoki Istehzo (Isteza) madrasasi deya atala boshlaydi[2][3].

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-iyul, 2022-yil(2022-07-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.