Pueblo
Qiyofa
Pueblo — indeys xalqlari guruhi (xopi, zuni, keres, tano). AQShning janubi-gʻarbida (Nyu-Meksiko va Arizona shtatlari) yashaydi. 32 ming kishi (1987). Yuta-atstek til oilasiga mansub tillarda soʻzlashadi, kereslarniki xokaltek tillariga yaqin. Pueblo nomi (ispancha — "qishloq") oʻziga xos qishloqlar — xom gʻishtdan yoki qumloqdan ishlangan, ichki maydoni (sahni) va yalang devori boʻlgan koʻp xonalik uyqalʼalar (pueblo) nomidan olingan. Bunday uyning (1 —3 ming kishini sigʻdirgan) qavatlari (5—6 gacha) terrasalar bilan balandga boʻy choʻzgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |