Kontent qismiga oʻtish

Dasturlash tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Programmalash tilidan yoʻnaltirildi)

Dasturlash tili — maʼlumotlar (axborotlar)ni va ularni elektron mashinalarda ishlash algoritmlari (dasturlari)ni bayon qilish uchun moʻljallangan rasmiy til; odamning elektron mashina bilan bogʻlanishi uchun ishlatiladigan shartli belgilar tizimi. Dasturlash tili tabiiy til bilan shartli mashina tili orasidagi oʻrinni egallaydi. Dasturlash tilining asosiy vazifasi dasturlar tuzish (Dasturlash) vositasi boʻlishi, yaʼni maʼlumotlarni ifodalash va ularni EHM (kompyuter) da ishlashda qoʻllanishidan iborat.[1]

Dasturlash tillari haqida maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inson kabi kompyuter ham oʻziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til boʻlib, u cheklangan lugʻat va qatʼiy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan „til“ DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi.

Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni toʻgʻridan - toʻgʻri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli oʻtkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator.

1)KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha oʻqib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yigʻadi.

2)INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda koʻl boʻlib, ularning har biridan oʻziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida maʼlumotlar bilan tanishamiz.

C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun moʻljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun moʻljallangan til. SCRATCH dasturlarni oʻrganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun moʻljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun moʻljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish, sunʼiy intellekt tizimlari uchun moʻljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.IDE (Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti) — dasturiy taʼminot yaratish uchun dasturiy vositalar majmuasi.

Dastur yaratish jarayonida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bólib, dasturlash tillarida Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega boʻlib, dasturlash tillarida dastur yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga oʻxshash boʻlib, bir necha bosqichni óz ichiga oladi, dastur yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga oʻxshash bólib, bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi.

Dastur yaratish bosqichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qoʻllanishi, kirish va chiqish maʼlumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish, uni joriy etishning narxi baholanadi. Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni boʻlib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi. Toʻrtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning oʻgʻri tuzilganligi, ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi. Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va maʼlumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar óqitiladi. Oltinchi soʻnggi bosqichda qoʻllab- quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi.[2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.