Poyi Ostona madrasasi
Qiyofa
Madrasa | |
Poyi Ostona madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Poyi Ostona madrasasi Poyi Ostona guzarida joylashgan bo‘lib, 7 ta hujrasi bo‘lgan. Bu guzar Buxoroning savdo markazlaridan biri bo‘lgan. Ayniqsa, bu yerda bo‘yoq savdosi qizigan. Madrasa faoliyatiga doir bitta hujjat aniqlangan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Poyi ostona masjidi hujralari mudarrisi mulla Shahobiddin Badalbek nav madrasasiga yuboriladi va uning bo‘sh qolgan o‘rniga Sarrajon guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Qosim tayinlangan. Maoshi 30 tilla bo‘lgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 397.