Potok liniya
Potok liniya — korxonalarda de-tallar tayyorlash yoki buyumlarni yi-gʻishda bajariladigan texnologik ja-rayonlar ketma-ketligiga moslab (potok usulida) joylashtirilgan va birbiriga bogʻlangan ishlov beruvchi mashinalar (yoki ish oʻrinlari) maj-mui. Har bir mashina yoki ish oʻrni maʼlum ishga moslanadi, unda umumiy ishning maʼlum qismi bajariladi. Har bir ishchi maʼlum ishga ixtisoslashadi. Operatsiyalar oson-qiyinlik va vaqt jihatdan har bir ish oʻrniga taqsimlanadi. Potok liniya uzluksiz yoki toʻxtab-toʻxtab ishlaydigan (uzlukli) boʻlishi mumkin. Ishlov beriladigan detal yoki yigʻiladigan buyum bir ish oʻrnidan ikkinchisiga maxsus transport vositalari (mas, konveyer) da oʻtkaziladi. Potok liniya individual — bitta detalga ishlov beriladigan; qoʻshaloq — bir vaqtda ikki detalga ishlov beriladigan; guruxli — bir vaqtning oʻzida bir necha detalga ishlov beriladigan xillarga boʻli-nadi. Potok liniya ishlab chiqarish jarayonlarining bir maromda borishini taʼminlaydi, ish unumdorligini oshiradi. Mahsulot yoki uning bir qismini maʼlum texnologik izchillik va bir maromda avtomatik tarzda tayyorlaydigan mashinalar tizimi, asosiy va qoʻshimcha uskunalar majmui avtomat Potok liniya dey-iladi (qarang Avtomat liniya).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |