Portugaliya ayollar milliy chempionati
Davlat | Portugaliya |
---|---|
Konfederatsiya | UEFA |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1-darajali |
Tashkil etilgan | 1993 |
Jamoalar soni | 12 |
Pastki liga | Campeonato Nacional II Divisão |
Xalqaro musobaqalar | UEFA Ayollar Chempionalar Ligasi |
Amaldagi chempion | Benfica (2-marta)}} |
Eng koʻp marta chempion | S.U. 1º de Dezembro](12 marta) |
Veb-sayt | fpf.pt |
Joriy mavsum: 2022-2023-yilgi mavsum Campeonato Nacional |
Portugaliya ayollar milliy chempionati (portugalcha: Campeonato Nacional Feminino, homiylik sabablarga koʻra Liga BPI nomi bilan ham tanilgan) Portugaliyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining yuqori toifali ligasi. Portugaliya ayollar milliy chempionati Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va 1993-yilda tashkil etilgan. Portugaliya ayollar milliy chempionatining dastlabki mavsumida oʻnta jamoa qatnashdi.
Portugaliya ayollar milliy chempionatining amaldagi chempioni „Benfica“ boʻlib, jamoa 2022-yilda ketma-ket ikkinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi. Eng muvaffaqiyatli jamoa esa SU 1º de Dezembrojamoasi boʻlib, jamoa Portugaliya ayollar milliy chempionatida 12 marta chempion boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Portugaliyadagi birinchi ayollar futboli milliy chempionatlaridan biri Taça Nacional nomi ostida 1985-yilda boshlangan. Unga ishtirok etish istagida boʻlgan barcha klublar kiritilgan. „Boavista“ jamoasi ushbu musobaqada yaqqol ustunlik qilgan va sakkiz marta gʻalaba qozongan. Musobaqa 1993-1994-yilgi mavsum uchun Campeonato Nacional (Portugaliya ayollar milliy chempionati) deb oʻzgartirildi. 1998-99 yilgi mavsumda musobaqaga koʻproq oʻyinlar qoʻshildi, chunki chempionat bosqichiga chiqmagan klublar yana ular oʻrtasida oʻynashadi. 2001 yilda UYEFA ayollar kubogi tashkil etildi, unda oldingi mavsumda ushbu musobaqa g‘oliblari o‘ynash huquqiga ega edi. Portugaliya kubogi 2003-04 yilgi mavsumda barcha klublar ishtirok etgan holda boshlandi.
2005-yilda Campeonato Nacional II Divisao (quyi liga) tashkil etildi.
Musobaqa formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-2017-yil holatiga koʻra, Portugaliya ayollar milliy chempionatida 12 ta klub bor. Mavsum davomida (sentyabrdan maygacha) har bir klub qolganlari bilan ikki marta (ikkita davrali tizim), bir marta oʻz stadionida va bir marta raqib stadionida, jami 22 oʻyin oʻynaydi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko va durang uchun bir ochko oladi. Magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar reytingi jami ochkolar, soʻngra toʻplar farqi boʻyicha tartiblanadi. Agar hali ham jamoalar ochkolari teng boʻlsa, neytral maydondagi pley-off oʻyini chempionni aniqlab beradi. Eng past oʻrinni egallagan ikkita jamoa Campeonato Nacional II Divisao (Portugaliya 2-chempionati (quyi liga))ga tushib ketadi va Campeonato Nacional de Promosaoning eng yaxshi ikki jamoasi Portugaliya ayollar milliy chempionatiga koʻtariladi.
Yevropa musobaqalariga saralash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Portugaliya ayollar milliy chempionati gʻolibi UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasi saralash bosqichiga yoʻl oladi.
Klublar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-2022-yilgi mavsum jamoalari:
Jamoa | Joylashgan shahar | Uy satdioni |
---|---|---|
A-dos-Francos | Caldas da Rainha | Campo Municipal Quinta Boneca |
Atlético Ouriense | Ourém | Campo da Caridade |
Benfica | Alcântara | Estádio da Tapadinha |
Braga | Braga | Estádio 1º de Maio |
Cadima | Cantanhede | Complexo Desportivo de Cantanhede |
Clube de Albergaria | Albergaria-a-Velha | Estádio Municipal António Augusto Martins Pereira |
Estoril | Estoril | Centro de Treino e Formação Desportiva |
Futebol Benfica | Lisbon | Estádio Francisco Lázaro |
Marítimo | Funchal | Campo Complexo Desportivo C.F. Andorinha |
Ovarense | Ovar | Estádio Marques Silva |
Sporting CP | Alcochete | CGD Stadium Aurélio Pereira |
Lisbon | Estádio José Alvalade | |
Valadares Gaia | Vila Nova de Gaia | Complexo Desportivo Valadares |
Chempion jamoalar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jamoalar Portugaliya ayollar milliy chempionatida gʻolib chiqqan:[1]
Tasa Nacional
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Chempion jamoa | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin |
---|---|---|---|
1985-1986 | Boavista | Académico de Alvalade | União de Coimbra |
1986-1987 | Boavista (2) | ||
1987-1988 | Boavista (3) | ||
1988-1989 | Boavista (4) | Costa do Estoril | União de Coimbra |
1989-1990 | Boavista (5) | Costa do Estoril | União de Coimbra |
1990-1991 | Boavista (6) | Costa do Estoril | União Ferreirense |
1991-1992 | Boavista (7) | União Ferreirense | Sporting CP |
1992-1993 | Boavista (8) | 9 Abril Trajouce | Sporting CP |
Campeonato Nacional (Portugaliya ayollar milliy chempionati)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chempion jamoalar reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reyting | Klub | Chempionlik | Ikkinchi o`rin | Chempion bo`lgan mavsumlar | Ikkinchi o`rinni olgan mavsumlar |
---|---|---|---|---|---|
1 | 1º de Dezembro | 12 | 3 | 1999-2000, 2001-02, 2002-03, 2003-04, 2004-05, 2005-06, 2006-07, 2007-08, 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2011-12 | 1995-96, 1996-97, 2000-01 |
2 | Boavista | 11 | 6 | 1985-86, 1986-87, 1987-88, 1988-89, 1989-90, 1990-91, 1991-92, 1992-93, 1993-94, 1994-95, 1996-97 | 1997-98, 1998-99, 2006-07, 2007-08, 2008-09, 2011-12 |
3 | Gatões | 3 | 2 | 1997-98, 1998-99, 2000-01 | 1999-2000, 2001-02 |
4 | Sporting CP | 2 | 3 | 2016-17, 2017-18 | 2018-19, 2020-21, 2021-22 |
5 | Futebol Benfica | 2 | 1 | 2014-15, 2015-16 | 2002-03 |
6 | Atlético Ouriense | 2 | 0 | 2012-13, 2013-14 | — |
7 | Benfica | 2 | 0 | 2020-21, 2021-22 | — |
8 | Braga | 1 | 2 | 2018-19 | 2016-17, 2017-18 |
9 | Lobão | 1 | 1 | 1995-96 | 1994-95 |
10 | Costa do Estoril | 0 | 3 | — | 1988-89, 1989-90, 1990-91 |
11 | 9 Abril Trajouce | 0 | 2 | — | 1992-93, 1993-94 |
12 | Várzea | 0 | 2 | — | 2003-04, 2004-05 |
13 | Clube de Albergaria | 0 | 2 | — | 2012-13, 2015-16 |
14 | Académico de Alvalade | 0 | 1 | — | 1985-86 |
15 | União Ferreirense | 0 | 1 | — | 1991-92 |
16 | Marítimo Murtoense | 0 | 1 | — | 2005-06 |
17 | Escola | 0 | 1 | — | 2009-10 |
18 | Cadima | 0 | 1 | — | 2010-11 |
19 | A-dos-Francos | 0 | 1 | — | 2013-14 |
20 | Valadares Gaia | 0 | 1 | — | 2014-15 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Portugal – List of Women Champions and Cup Winners“. RSSSF. Qaraldi: 2011-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Bajnok az MTK Hungária FC! (GALÉRIA)“ (hu). mtk.hu (2017-yil 15-may). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
- ↑ „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ayollar ligasi fpf.pt
- UEFAdagi Portugaliya ligasi
- Portugaliya ligasi : women.soccerway.com