Kontent qismiga oʻtish

Polisomalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polisomalar (poli... va yun. soma — tana), poliribosomalar — oqsil sintezining translyasiya bos-qichida informatsion RNK (iRNK) molekulasida ketma-ket joylashib olgan ribosomalr majmui. P.dagi har bir ribosoma bitta oqsil molekulasini sintezlaydi. Shuning uchun P. soni xujayrada oqsil biosintezi jadalligining koʻrsatkichi hisoblanadi. P. en-doplazmatik toʻr naychalari membranalari bilan bogʻlangan boʻlishi (bogʻlangan ribosomalar) yoki gialoplazmada erkin joylashishi (erkin ribosomalar) mumkin. Bogʻlangan ribosomalarda hujayradan tashqariga chiqariladigan oqsillar, erkin ribosomalarda esa hujayraning oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi tugallanga-nidan keyin P. iRNK molekulasidan ajralib, sitoplazmaga tushadi (yana qarang Ribosomalar, Biosintez).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil