Poliakrilonitril n
Qiyofa
POLIAKRILONITRIL [-SN2-—CH(CN)—]n— akrilonitrilning oq rangli chiziqli polimeri. Mol. m. (30— 100)-103; zichligi 1140–1170 kg/m’. Yumshash temperaturasi 220—230°. Odatdagi erituvchilar, yogʻlar taʼsiriga chidamli. Dimetilformamid, dimetilatset-amid, etilen- va propilenkarbonat, konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarda eriydi. Atmosfera sharoi-tiga va yorugʻlik taʼsiriga chidamli. Sanoatda P. akrilonitrilni geterogen (suvli dispersiyada) yoki gomogen (eritmada) radikal polimerlash usuli bilan olinadi. Ishlab chiqarilgan P.ning asosiy qismi poliakrilonitril tolalar olishga ketadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |