Podzol tuproqlar
Podzol tuproqlar - mo`tadil sovuq iqlim sharoitida igna bargli - aralash o`rmonlar tagida paydo bo`ladigan tuproqlar. Bu yerlarda yog`in buglanishga qaraganda ko`p yoqqanidan oson eriydigan moddalar tuproqning ustki qatlamlaridan yuvilib tushib, quyi qatlamlarida to`planadi. Podzol tuproqning ustki qatlami qo`ngir yoki bo`zg`ish rangda bo`lib, chirindisi kam (1-4%). Bu qatlam tagida mayda kvars qumi donalaridan iborat kul rang (podzol) qatlam yotadi, oziq moddalar bu qatlamdan quyiga tushib ketgan. Tagida o`tlar o`sib yotadigan aralash o`rmonli hududlarda chimli podzol tuproqlar hosil bo`ladi. Bunday tuproqlarning ustki qatlami qoramtir bo`lib, chirindisi ko`proq. Podzol tuproqlar muzlik yotqiziqlaridan paydo bo`lgan, kam unum. Unumdorligini oshirish uchun o`g`it solish, ohaklash va agrotexnikadan to`g`ri foydalanish kerak[1]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.