Pochchaotasoy
Qiyofa
Pochchaotasoy, Podshootasoy — Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tizmasining yon bagʻirlaridan boshla-nadi. Uzunligi 80 km dan ortiq. Havzasining maydoni 389 km². P. yuqori oqimida chuqur daralardan, Nanay qishlogʻi yonida togʻdan chiqib Qorabali vodiysidan oqadi. Katta yoyilma hosil qiladi. Shu yerdan soy suvi sugʻorish arik/iapnra olinadi. Qor, yomgʻir, yer osti suvlaridan va qisman muzliklardan toʻyinadi. Havzasida umumiy uz. 4 km dan ortiq 6 ta muzlik bor (maydoni 1,9 km²). Iillik oʻrtacha suv sarfi 6,1 m³/sek., oqim moduli 15,7 l/sek, km², Vegetatsiya davrida yillik suvining 80% i oqib oʻtadi.
P. dan Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanining ekin maydonlari suv ichadi. Soy vodiysida Zarkent va Nanay qishloqlari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |