Kontent qismiga oʻtish

Pirolyuzit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pirolyuzit (yun. rug — olov va luo — yuvaman), polianit — oddiy oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — MnO2, tarkibida Mn 55-63%; Va, Na, K va boshqa, maʼlum miqdorda suv boʻladi. Tetragonal singoniyada kristallanadi; kristallari strukturasi rutil tipli. Koʻpincha yashirin kristall tuproqsimon kukun massalar hosil qiladi; marganets, kisman temir gidrookislari va boshqa aralashgan boʻladi. Rangi kulrang, qora; metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 2—6 (polianit 6—6,5), zichligi 4700–5100 kg/m3. Pirolyuzit dengiz va koʻl havzalarining qirgʻoqqa yaqin qismida kislorod kira oladigan sharoitlarda choʻkindi qatlami hosil qiladi. Marganets konlarining oksidlanish zonalarida ham uchraydi. Pirolyuzit marganets rudalarining asosiy minerali. Sof pirolyuzit quruq galvanik elementlarda, shisha (tiniqlantirish uchun) va keramika tayyorlashda, kimyo, tibbiyot, lok-boʻyoq va charm sanoatida qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil