Piroklastik jinslar
Qiyofa
Piroklastik jinslar (yun. rug — olov va Mao — sindiraman) — vul-kandan otilib chiqqan mahsulotlar qotishidan paydo boʻlgan chaqiq togʻ jinslari. Tarkibi bazalt, andezit, liparit, traxitli vulkan jinslaridan iborat. Piroklastik jinslar donachalarining tuzilishi jihatidan yirik (psefitli), oʻrta (psammitli), mayda (alevritli, pelitli) boʻlakli jinslarga boʻlinadi. Piroklastik jinslar qatlamlangach, ignimbritlar-dek jipslashib ketadi yoki diagenezga uchraydi. Bu jinslar qurilish materiallari sifatida ishlatiladi. Piroklastik jinslar tarkibini va tarqalish qonuniyatini toʻliq oʻrganish ular bilan bogʻliq konlarni qidirib topishda muxim ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |