Pireney togʻlari
Pireney togʻlari - Yevropaning jan.-gʻarbidagi togʻ sistemasi. Ispaniya, Fransiya va Andorra hududlarida. Tabiiy sharoitlariga qarab Pireney togʻlari Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy qismlarga boʻlinadi. Biskay qoʻltigʻidan Oʻrta dengizgacha 450 km ga choʻzilgan, eni 20–110 km, aksari qismining balandligi 2500–3200 m, eng baland joyi 3404 m (Aneto choʻqkisi). Pireney togʻlari orqali Fransiya va Is-paniyaning davlat chegaralari oʻtgan.
Alp burmalanishi davrida Pireney togʻlarining gersin davrida vujudga kelgan negizi ancha koʻtarilgan. Oʻq zonasi yaxlit boʻlib, suvayirgʻich qismi ham boshdan oxirigacha uzluksiz davom etgan. Dovonlari 1500–2000 m balandlikda. Shimoliy yon bagʻri tik, jan. esa qiya. Pireney togʻlarining pleystotsen davrida muzlanishga uchragan eng baland oʻrta qismi, asosan, kristalli va metamorfik jinslardan tuzilgan boʻlib, alp relyef shakllariga ega. Togʻ tepalaridagi muzliklarning umumiy maydoni 40 km². Foydali qazilmalardan temir va marganets ru-dalari, qoʻngʻir kumir, boksit, kobalt, rux, vismut konlari, mineral suvli buloklar bor. Kurort kup. Ikli-mi Pireney togʻlarining koʻp qismida moʻʼtadil sernam, janubi-sharqida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi togʻ etaklarida 4—8°, togʻ tepalarida —8°dan —10° gacha, iyulniki shu joylarda 18—24° va 5—6°. Yillik yogʻin shim. yon bagʻirlarida 500– 750 mm. Pireney togʻlarining koʻp kismida yogʻin yil davomida yogʻadi. Yirik daryolari: Ebro, Adur va Garonna. Daryolari yil davomida sersuv, chuqur vodiylar orqali oqadi va gidroenergiya resurelariga boy. Karst relyefli yerlarda yer osti koʻllari va ayrim qismlari yer ostida oquvchi daryolar uchraydi. Togʻ yon bagʻirlarida keng bargli va igna bargli urmonlar bor. 1800–2100 m dan yukrrisi subalp va alp oʻtloklari. Janubiy va sharkiy yon bagʻrida oʻrmon bilan birga makvis va gariga chakalakzorlari ham uchraydi. Tuprogʻi koʻp joylarda jigar-rang va qoʻngʻir oʻrmon tuproklar. Tabiiy landshaft va noyob hayvonlarni saqlash maqsadida milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil qilingan. Alpinizm, turizm rivoj topgan, qishki sport oʻyinlari oʻtkaziladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |