Kontent qismiga oʻtish

Pinakat cho‘qqilari

Koordinatalari: 31°46′N 113°29′W / 31.77°N 113.49°W / 31.77; -113.49
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pinakata cho'qqilari
Joylashuvi (shimoliy-markaziy)-Sonoran cho'li
El Pinacate y Gran Desierto de Altar, Sonora, Mexico
31°46′N 113°29′W / 31.77°N 113.49°W / 31.77; -113.49
View to the Pinacate craters from the sand dunes
Pinacate qumtepalari va kraterlari
Orqa fonda Pinakat choʻqqilari bilan Elegante krateri
Teddi-ayiq chollas, okotillos, yosh saguarolar va paloverde daraxti bilan pinakat vulqonlari. Jack Dykinga surati
Bursera microphylla, Fil daraxti, Meksikaning Quyi Kaliforniya shtatidagi Cerro Koloradoda suratga olingan.

Pinakat choʻqqilari (Syerra-Pinakat, Oʻodham) vulqon choʻqqilari va shlakli konuslar guruhi boʻlib, asosan Meksikaning Sonora shtatida, AQShning Arizona shtatiga tutash xalqaro chegara boʻylab, choʻlning janubi-sharqidagi Gran Desierto de Altarning keng qumtepalari bilan qoplangan[1].

Pinakat choʻqqilari geografik obyektining ispancha nomi Sierra Pinacata boʻlib, ularning bu nomi vatani Meksikada qoʻllanadi.

Pinakat choʻqqilari Puerto-Penyasko baliq ovlash kurortining shimolida joylashgan. Choʻqqilarning eng balandi Cerro del Pinacate (Santa Klara vulqoni deb ham ataladi) choʻqqisi boʻlib, uning balandligi 3904 fut (1190 m)ga yetadi. Meksika ispancha pinacate soʻzi choʻlning hidli qoʻngʻizi (shu hudud uchun endemik tur hisoblanadi), shuningdek, pinakatl soʻzi nahuatl tilidan olingan.

Bu yerdagi vulqonlar 4 million yildan beri vaqti-vaqti bilan otilib turgan, ehtimol bu holat Kaliforniya koʻrfazining ochilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Eng soʻnggi vulqon faolligi taxminan 11 000 yil oldin sodir boʻlgan. Pinakat choʻlida Amerikaning eng katta qumtepalari joylashgan[2].

Flora va fauna

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pinakat togʻlarida turli xil flora va fauna olami vakillari, jumladan, fil daraxti, Bursera microphylla singari noyob oʻsimliklar mavjud.

Insoniyat tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sonoran choʻlidagi koʻplab ispan missiyalarining asoschisi Padre Eusebio Kino bu yerda 1698-yilda va undan keyingi yillarda bir necha marta kashfiyotlar qilgan.

NASA 1965-yildan boshlab bu yerga kosmonavtlarni geologik taʼlim olishlari uchun yuboradi, relefning oy yuzasiga oʻxshashligini hisobga olib, oy yuzasi jihozlarining oʻquv modellari tajribalari amalga oshiriladi. Apollon 14 ning aʼzolari Alan Shepard va Ed Mitchell va Apollon 17 -ning guruh aʼzosi Jack Schmittlari 1970-yilning fevralida shu yerda tahsil oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishgan[3].

El Pinakata va Gran Desierto de Altar biosfera rezervati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

El Pinakata va Gran Desierto de Altar biosfera rezervati — bu biosfera rezervati boʻlib, ispan tilida Reserva de la Biosfera el Pinacate y Gran Desierto de Altar deb nomlanadi, mazkur hudud Meksika federal hukumatining SEMARNAT — Atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligi tomonidan boshqariladi. Sonora shtati hukumati IMADES agentligi bilan hamkorlikda faoliayt olib boradi[4].

Qoʻriqxona haqidagi faktlar: [5]

Pinakat choʻqqilari
  1. U.S. National Aeronautics and Space Administration. NASA Information and Satellite Image: Pinacate Mountains
  2. „Biological Sciences“.
  3. Phinney, William. Science Training History of the Apollo Astronauts. NASA SP -2015-626, 2015 — 236-bet. 
  4. „Pinacate and Gran Desierto de Altar Biosphere Reserve“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-oktyabr. . accessed 7/22/2010
  5. „Pinacate Biosphere Reserve, Mexico - Desert Invasion - U.S.“.