Pfeiferbrunnen
Pfeiferbrunnen — Shveysariyaning Bern shahridagi Spitalgasse 21 yaqinida joylashgan tarixiy favvora. Bu favvora XVI asrda Bernning Eski shahar qismida bunyod etilgan favvoralaridan biri boʻlib, Shveysariya milliy ahamiyatga ega boʻlgan meros obyektlari roʻyxatiga kiradi[1], shuningdek, Bernning eski shahar qismi YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pfeiferbrunnen 1545-1546-yillarda bunyod etilgan boʻlib, shveytsariyalik Uygʻonish davri haykaltaroshi Hans Gieng tomonidan 1514-yilda Albrecht Durerning „Bagpiper“ (Volinka) nomli yogʻoch oʻymakorligi asosida yaratilgan aylanma asos qismiga qurilgan. Dastlab, u sayohatchilar uchun mehmonxona boʻlgan Gasthaus (mehmonxona va restoran) maydonidagi Kreuz oldida turardi. 1594-yilda bino nomi Gasthof zum Storchen deb oʻzgartirildi. Bu esa Storchenbrunnen nomini muqobil variant Pfeiferbrunnen nomiga oʻzgarishiga sabab boʻldi. Ushbu muqobil nom XIX asrning oxirigacha mashhur edi. 1874-yildagi taʼmirlash vaqtida haykalning orqa tomoniga yozuvli taxta oʻrnatilgan, ustundagi figuralarga shikast yetgan. Hozirgi suv havzasi 1889-yilda qurilgan. Keyin, 1919-yilda favvora Ryffli- va Storchengässchen oʻrtasidagi asl joyidan sharqqa, hozirgi Spitalgasse 21 oldidagi maydonga koʻchirib oʻtkazilgan[2].
Favvora haykalida shveytsarlarning milliy cholgʻu asbobi volinkani chalib turgan koʻk, qizil rangdagi libos kiygan musiqachi va uning yonida oq-kulrang tusli gʻoz tasvirlangan. Musiqachi nochor kiyingan, hatto oyogʻida oyoq kiyimi ham yoʻq.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Swiss inventory of cultural property of national and regional significance“. A-Objects. Federal Office for Cultural Protection (BABS) (2018-yil 1-yanvar). 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-sentyabr.
- ↑ Weber, Berchtold. Historisch-topographisches Lexikon der Stadt Bern, 1976. Qaraldi: 2010-yil 1-fevral. (Wayback Machine saytida 2002-06-24 sanasida arxivlangan)(olmoncha)