Kontent qismiga oʻtish

Petyofi Shandor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Petyofi (Petofi ) Shandor (1823.1.1, Kishkyoryosh — 1849.31.7, Fexeredxaza) — venger shoiri. Lirikasida vatanparvarlik, oddiy xalq turmushi haqidagi qaygʻusi yetakchi oʻrinda. "Yanosh botir" epik dostoni (1844)da jasur, oliyjanob dehqon yigitining qiyinchiliklarni yengib, maqsadga yetishuvi tasvirlangan. "Yoʻlbars va sirtlon" (1845) dramasi, "Jallodning arqoni" romani (1846), "Saroy va kulba" (1847), "Havoriy" (1848) dostonlari va boshqa asarlarida isyonkor shoir tuygʻulari, mehnatkash xalqning orzu, intilishlari aks etgan. "Yanosh botir" (1965) dostoni, "Tanlangan asarlari" (1973) o'zbek tiliga tarjima qilingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil