Kontent qismiga oʻtish

Perkussiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Perkussiya (lot. percussio — tukillatish) — bemorning ichki aʼzolaridagi kasallikni aniqlash uchun qoʻlla-niladigan fizik usul. Tananing tekshirilayotgan joyiga barmoq yoki bolgʻacha bilan tukillab urib koʻriladi. Bunda chiqadigan tovushga qarab, tekshirilayotgan aʼzoning ahvoli haqida fikr yuritiladi; bir necha xil boʻladi; 1) auskultator P. — tekshirilayotgan joyga stetofonendoskop qoʻyib, chiqqan tovushni tinglash; 2) asbob-l i P. — plessimetr va bolgʻacha bilan tukillatish; 3) bevosita P. — tana yuzasini bevosita barmoklar bilan tukillatish; 4)vositali P. — tana yuzasiga bir qoʻl barmoqlarini qoʻyib, ustidan ikkinchi qoʻl barmogʻi bilan tukillatish yoki plessimetr ustidan bolgʻacha bilan tukillatish. P. qilib havosi bor yoki havosi yoʻq organlar oʻrtasidagi chegarani topish, oʻpka, yurak, jigar kabi aʼzolar holati va shaklini belgilash mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil