Pechora
Qiyofa
Pechora | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 809 |
Maydoni | 322 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Pechora |
Pechora (Komi tilida: Печӧра, nenetscha: Санэро’’ яха) — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoli-sharqidagi daryo. Uzunligi 1809 km, havzasining maydoni 322 ming km². Shimoliy Ural togʻlaridan boshlanib, Pechora pasttekisligi boʻilab oqadi. Barens dengizining Pechora qoʻltiqchasiga quyiladi. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oktyabr noyabrda muzlab, may oyida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari — Us a, Laya, Shapkina, Shchugar, Ilich (oʻngda), Ijma, Kojva, Pijma, Silma, Sula (chapda). Quyilish joyida oʻrtacha suv sar-fi 4100 m³/sek. P.da muntazam kema qatnaydi. Dengiz kemalari Naryanmargacha kira oladi. Baliq ovlanadi. Havzasida toshkoʻmir (Pechora kumir havzasi), neft (Uxt a) va gaz konlari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |