Kontent qismiga oʻtish

Pech

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PechVengriyaning janubi-gʻarbiy qismidagi shahar. Mechek togʻlarining janubiy etagida. Baranya medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 161 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Janubiy Dunantulning iqtisodiy va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika), yogʻochsozlik, kimyo, koʻn-poyabzal, shisha-keramika, oziq-ovqat (tamaki, pivo, konserva, shampan vinolari ishlab chiqarish) sanoati korxonalari mavjud. Musiqa as-boblari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida toshkoʻmir, uran qazib olinadi. Universitet (1367), muzeylar, teatr bor. Shahar rimliklarning Sopiana qishlogʻi oʻrnida mil. boshlarida bunyod etilgan. Oʻrta asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari, jumladan, sobor, jome masjidlari saqlangan. Shahar atrofida shi-fobaxsh buloklar bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil