Paxtakor (nok)
Qiyofa
"PAXTAKOR" — ertapishar serhosil nok navi. R.R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida Kulala va Lyubimitsa Klappa navlarini chatishtirish yoʻli bilan yaratilgan (S.K.Sharipov). Tupi piramida shaklida usadi. Balandligi 6,5, kengligi 5,5 m. Mevasi yirik, dumaloqnoksimon, oʻrtacha vazni 250—300 g. Yetilganda poʻsti och sariq, keyin zangori rangda boʻladi, quyoshga qaragan tomonlari qizgʻish tuye oladi, oʻta sersuv va shirin, xushboʻy, iyulning 1-oʻn kunligida pishadi. Uzbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |