Kontent qismiga oʻtish

Pavlograd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pavlograd — Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar. Volchya daryosi (Dnepr havzasi) boʻyida. Pavlograd tuguni. Aholisi 137,3 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Donbassning koʻmir qazib oluvchi gʻarbiy qismining markazi. Kimyo mashinasozligi, metall quyish mashinalari, elektr yoritqich armaturalari, koʻn, kanopni qayta ishlash zavodlari, uysozlik kombinati, mebel va tikuvchilik fabrikalari bor. Shahar yaqinidan koʻmir qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Mashinasozlik, tibbiyot bilim yurtlari, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi bor. P.ga 1780-yil asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil