Kontent qismiga oʻtish

Pavel Kan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Xaritonovich Kan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-noyabr 1931-yil
Vafoti 13-dekabr 1996-yil (65 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Pavel Xaritonovich  Kan — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Kan Pavel 1931-yilda Uzoq Sharqda tug‘ilgan. 1959-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Pavel Xaritonovich 1954-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1954-1992-yillarda Qurilish uchastkasi prorabi, bosh muhandisi, Qoraqalpog‘iston qurilish trestining 1-SMU boshlig‘i, Yangiyer qurilish materiallari va konstruksiyalari zavodi direktori, „Jizzaxtepstroy“ boshlig‘i, „Glavsredazirsovxozstroy“ boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, „Golodnostepqurilish“ boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.

Kan Pavel Xaritonovich Oʻrta Osiyoning choʻl yerlarini kompleks oʻzlashtirish usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun jamoa tarkibida 1983-yilda texnika sohasida SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.

P.Kan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 8-, 9-, 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Pavel Xaritonovich 1998-yilda Toshkentda vafot etgan.