Patologiya
Patologiya (yun. pathos – kasallik va ..logiya) – nazariy va klinik tibbiyot sohasi hisoblanadi. Bu soha kasallikning paydo boʻlish sababi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va oqibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy patologiyada oʻrganiladi. Patologiya patologik anatomiya va patologik fiziologiyaga boʻlinadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik patologiya, oʻlka patologiyasi, paleo-patologiya, shuningdek, kimyoviy va fizikkimyoviy, professional, molekulyar va boshqa patologiyalar bor. Eksperimental patologiya odamlar (xayvonlar)da uchraydigan kasalliklarni tajriba hayvonlarida sunʼiy yoʻl bilan paydo qilib, uning avj olish mexanizmlarini, qiyosiy patologiya odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarning kechishi va rivojlanishidagi xususiyatlarni qiyoslab oʻrganadi. Klinik patologiya aʼzo va sistemalarning funksional holatini aniqlash maqsadida bemorni tekshiradi, shuningdek, kliniklab, biokimyoviy va boshqa tekshiruvlar oʻtkazadi; oʻlka patologiyasi kasallikni turar joyning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq holda oʻrganadi; ishlab chiqarishdagi zararli taʼsir etuvchi omillarni oʻrganadigan kasb patologiyasi ham bor.
19-asrning oʻrtalarida nemis olimi R. Virxov asos solgan sellyulyar patologiya (hujayra patologiyasi) nazariyasiga koʻra, kasallik hujayra va aʼzolarning tuzilishidagi oʻzgarishlar oqibatidir. Bu kasallik mohiyatini oʻrganishda oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
Oʻzbekistonda patologiya sohadagi i.tlar dastlab 20-asrning 20-yillarida boshlandi. Bunda oʻlka patologiyasiga oid muhim vazifalar ishlab chiqildi. patologiyaga oid masalalar 2-ToshTIda 1998-yildan chop etiladigan „Patologiya“ jur.da yoritib boriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |