Panoftalmit
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Panoftalmit – (grekcha „pan“ hammasi, „oftalmos“ koʻz) koʻzning hamma qismlarini oʻtkir yalligʻlanishi.[1]
Etiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Panoftalmit – ogʻir yiringli infeksiyalarning koʻz olmasiga turli yoʻllar bilan kirishi (adenovirus, stafillakokk, streptokokk, pnevmokokk, koʻk yiring tayoqchasi), zamburugʻlar orqali va sepsisdan keyin paydo boʻladi[2].
Klinikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Panoftalmitda koz ogʻrigʻi, shish, qovoq va konyunktiva giperemiyasi, shox parda shishi bilan birga 1-3 kun ichida old kamera yiring bilan toladi. Ekzooftalm paydo boladi va bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashib, isitmasi koʻtariladi, koʻngli ayniydi hamda qusa boshlaydi.
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy ahvolni kuchaytiradigan dorilar bilan birga, venaga va muskul ichiga keng spektrli antibiotiklar (morfotsiklin, fortum va hokazo), shishasimon tana ichiga 1-10 000 fortum 0,3ml. kiritiladi. Koʻrish tiklanmasa ham koʻz olmasini saqlab qolishga harakat qilinadi. Shundayam tuzalmasa koʻz olmasi evisteratsiya qilib olib tashlanadi.
Profilaktikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]yuqori darajali miopiyaning oldini olish, ateroskleroz va gipertoniyning rivojlanish fazalarining oldini olish, travmalardan ehtiyot boʻlish zarur[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55-bet. ISBN 978-9943-05-869-9.
- ↑ Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55-bet. ISBN 978-9943-05-869-9.
- ↑ Muxamadiyev. shishasimon tana kasalliklari, Toshkent, 2020 — 271-bet. ISBN 418-49908-2020.