Panipat janglari
Panipat janglari — Dexlimdan taxminan 100 km shimolida joylashgan Pa-nipat yalangligida tarixda sodir boʻlgan mashxur janglar. 1) Amir Temur qoʻshini (92 ming kishi) bilan Dexli sultoni Sulton Mahmudxon qoʻshini (10 ming otliq, 20 ming piyoda askar va 120 jangovar fil) oʻrtasida sodir boʻlgan shiddatli jang (1398-yil 17-dekabr). Qoʻshin safi oldida harakatlanuvchi fillarning hartumlari bir-biriga bogʻlangan, fillar ustiga kajavalar oʻrna-tilgan, ularda bir necha oʻqchilar joylashtirilgan. Fillar qatori yonidan toʻp otuvchilar — raʼdandozlar oʻrin olgan.
Qoʻshinlar oʻzaro yaqinlashgan chogʻda Amir Temur oʻz qarorgohi Baholi doʻngligidan atrofni kuzata boshlaydi. Jang doʻmbira va nogʻoralar ovozi, karnay-surnay sadosi ostida boshlanadi. Sohibqiron askarlari fillarga nayza sanchadi, kajavada joylashgan merganlarni oʻqqa tutadi. Yarador boʻlgan fillar filbonlarni uloktirib, orqaga qochgan, bu bilan hind qoʻshiniga katta talafot yetkazgan. Biroq, shunga qaramay sulton qoʻshini qarshilik koʻrsatishni davom ettirgan. Sohibqiron qoʻshini gʻanim askarlarini qurshovga olib, fillarni oʻlja qilgan.
Sulton Mah-mudxon ozgina otliq guruhi bilan jang maydonini tark etib, lashkarboshisi Malluxon bilan Dehliga yashiringan, kechasi esa ular shahardan qochishgan. 18-dekabr Dehlining buzurglari, sayyidlari, qozilari, aʼyonlari kelib Amir Temurdan shahar aholisi uchun omonlik tilaganlar. 2) Bobur qoʻshini (12 ming askar) bilan Dexli sultoni Ibro-him Loʻdiy qoʻshini (100 ming jangchi va jangovar fillar) oʻrtasidagi jang (1525-yil 21-aprel).
Hind qoʻshini tartib-siz tarzda jangni boshlagan. Boburning barangʻor va juvongʻori toʻlgʻama usuli bilan gʻanimning ort tomoniga oʻtib unga kuchli zarbalar bergan. Ibrohim Loʻdiy asosiy kuchlari va jangovar fillar bilan markazga hamla qilgan. Shunda Bobur hoʻkizlarning xom terisidan eshilgan arqonlar bilan birbiriga mah-kam bogʻlangan 700 ta arava va ular orasiga oʻrnatilgan turoqalqonlar panohida turgan tufakandozlarni jan-gga tashlaydi.
Tufak va zambarak oʻqlaridan yarador boʻlgan fillar chekinib ustlaridan filbonlarni yiqitib, piyodalarni yanchib oʻtadi, hindlar sarosimaga tushib qochishga tushganlar. Sulton Ibrohim Loʻdiy va taxminan 50 ming hind jangchisi halok boʻlgan. Bobur Dehli va Agrani zabt etib, Shimoliy Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soladi. 3) Dexli taxtiga daʼvo-gar Sur sulolasi vakillarining Xemu boshchiligidagi qoʻshin bilan Akbar qoʻshini oʻrtasidagi jang (1556-yil, 5-noyabr).
Xemu katta karshilikka uchramay Dexli va Agrani egallagan. Akbar vaziri Bayramxon bilan Panjobdan kelib Xemuga qarshi yurish boshlagan. Panipatdagi jangda Xemu asir oli-nib, qatl etilgan. 4) Maratha hukmdorlarining birlashgan qoʻshini bilan afgʻonlar hukmdori Ahmadshoh Durroniy qoʻshini oʻrtasidagi jang (1761-yil 14-yanvar).
Jangda marathlar batamom yengilgan. Birok, bu gʻalaba Ahmadshohga hech qanday naf keltirmaydi, chunki uning qoʻshini orasida norozilik kuchaygan. Jangchilar maoshlarini toʻlanishini va uylariga kaytishni talab qilishgan. Natijada Ahmadshoh 1761-yil Hindistonni tark etishga majbur boʻlgan.
Manbalar: Giyasaddin Ali, Dnevnik poxoda Timura v Indiyu. Per. s persid., predisloviye i primechaniya V.Semyonova, M., 1958; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1960.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dadaboyev H., Amir Temurningharbiy mahorati, T., 1996.
Hamidulla Dadaboyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |