Kontent qismiga oʻtish

Pangu

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pangu – qadimgi Xitoy afsonalariga koʻra Yer yuzidagi ilk inson, u haqidagi miflar milodiy 3-asrdan yozma shaklda tarqalgan. Rivoyatga binoan, borliqning ibtidosi xaosdan iborat boʻlib, ushbu xaosdan universal tuxum, undan esa Pangu yuzaga kelgan. Keyinroq, u ulkan boltasini silkishi natijasida In va Yan bir-biridan ajralib, qorongʻulik (In) va yorugʻlik (Yan) yoki osmon va zamin yaralgan. Osmon va yer bir-biriga yaqinlashmasligi uchun Pangu ularni uzoqlashtirib turgan. Oxirida osmon va yer faoliyati oʻz iziga tushib, Pangu aralashiga ehtiyoj qolmagach, u oʻlgan. Panguning nafasi shamol, ovozi momaqaldiroq, chap koʻzi quyosh, oʻng koʻzi oyga aylangan. Shuningdek, uning qoʻl va oyoqlaridan yerning toʻrt tomoni, yer osti suvlari, qonidan daryolar, tomiridan yoʻllar, sochidan yulduz va oʻsimliklar, tishi va suyagidan metall, suyak iyagidan nefrit (mineral) vujudga kelgan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 315.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.