Pak Bon Chun
Pak Bon Chun | |
---|---|
Tavalludi |
8-fevral 1926-yil Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Synxinchon qishlog'i |
Vafoti |
20-noyabr 2013-yil (87 yoshda) Sankt-Peterburg, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR |
Partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Pak Bon Chun (1926-yil 8-fevral, Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Synxinchon qishlogʻi – 2013-yil 20-noyabr, Sankt-Peterburg) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozining agronomi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966)[2][3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pak Bon Chun 1926-yilda Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Synxinchon qishlogʻida tugʻilgan. 1937-yilda qishlogʻidagi boshqa koreyslar bilan birga O‘zbekiston SSRning Oʻrta Chirchiq tumaniga surgun qilinadi. U Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan, uning raisi ikki marotaba Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini olgan Kim Pen Xva boʻlgan.
Pak Bon Chun jamoasi 1949-yilda 5 gektar yerning har gektaridan oʻrtacha 81,1 sentnerdan sholi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1950-yil 13-iyundagi Farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan[4]. 1953-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.
Xuddi shu farmon bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni "Polyarnaya zvezda" kolxozining to'rtta kolxozchisiga berildi: Kim Pendyu, Li Gvanok, Li Sinbon va Xe Rim.
Keyinchalik 1991-yilda u Leningrad viloyatiga ko'chib o'tgan. Pak Bon Chun 2013-yil 20-noyabrda vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Пак Бончун“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
- ↑ Герман Ким (ВЭКС) Герой Социалистического труда Пак Бон Чун YouTubeda
- ↑ Указ Президиума Верховного Совета СССР от 13 июня 1950 года