Pafnutiy Chebishyov
Pafnutiy Lvovich Chebishyov [1821.14(26).5, Kaluga gubernyasi, Okatovo qishlogʻi — 1894.26.11(8.12), Peterburg] — rus matematigi va mexanigi, ehtimollar nazariyasi rus maktabining asoschilaridan biri. Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1856). Moskva universitetini tugatgan (1841), professor (1850). Ilmiy ishlari ehtimollar nazariyasi, sonlar nazariyasi, matematik analiz, mexanizmlar nazariyasiga oid. Ch. tasodifiy miqdor tushunchasini ehtimollar nazariyasiga tatbiq qilgan; ehtimollar nazariyasining limit teoremalarini isbotlashning yangi usuli — momentlar usulini yaratdi; katta sonlar qonunini umumiy holda isbotladi. Sonlar nazariyasida tub sonlar taqsimotining asimptotik qonuni va boshqalarni umumiy shakdda isbotladi. Ortogonal koʻphadlar, funksiyalarni eng yaxshi yakinlashtirish muammolari bilan shugʻullandi. Differensial binomni elementar funksiyalarda integrallash shartlarini topdi. Ch.ning kup (asosan, mexanizmlar nazariyasi sohasidagi) kashfiyotlari amaliy tadqiqotlar rivojiga sabab boʻldi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |