PIRLS
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.
Tadqiqot davriy ravishda – har besh yilda bir marta oʻtkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda oʻtkazilgan.
PIRLS oʻqish taʼlimini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:
- global miqyosida taʼlim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;
- yangi yoki qayta koʻrib chiqilgan taʼlim siyosatining taʼsirini kuzatib borish;
- taʼlimning zaif nuqtalarini belgilash va oʻquv islohotini amalga oshirish;
- PIRLS maʼlumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali oʻqitish va oʻqishni takomillashtirish;
- adolatlilikni kuzatish yoki qoʻshimcha sinflarda oʻquvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;
- oʻqishni va oʻqitishni oʻrganish.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]PIRLS loyihasi Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA – International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas’ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) maʼlumotlar markazida amalga oshiriladi.
Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Wayback Machine saytida 2022-06-30 sanasida arxivlangan) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tadqiqot uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda taʼlim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS taʼrifiga koʻra, oʻqish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda maʼno hosil qila olish qobiliyati hamdir[1].
Tadqiqot doirasida asosiy eʼtibor tushunishni namoyon qilishdan oʻzlashtirilgan maʼlumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qoʻllay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.
Oʻquvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi boʻlib, maʼno yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali oʻqish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qoʻllaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda oʻquvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega boʻlishi mumkin. Bular anʼanaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli koʻrinishdagi yozma shakllarni ham oʻz ichiga oladi.
PIRLS tadqiqotida oʻquvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida oʻqishini ikki turi baholanadi:
- Oʻquvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida oʻqish;
- Maʼlumotni oʻzlashtirish va undan foydalanish maqsadida oʻqish.
Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni oʻqiyotganda oʻqish qobiliyatining toʻrtta guruhi baholanadi:
- aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni topish;
- xulosalarni shakllantirish;
- maʼlumotlarni talqin va sintez qilish;
- mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga koʻra, oʻrtacha 500 dan 800 tagacha, oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi darajasi past boʻlgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta soʻzdan iborat boʻladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi oʻquvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos boʻlgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda oʻquvchiga unchalik tanish boʻlmaydi.
PIRLS tadqiqotida oʻqish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – Oʻquvchilar matnni yaxlit oʻzlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bogʻliq holda tushunadi. Muallifning gʻoyasini izohlashda oʻz fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.
Yuqori daraja (550 ball) – Oʻquvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib oʻz xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga eʼtibor qarata oladi.
Oʻrta daraja (475 ball) – Oʻquvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining baʼzi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan oʻz xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball) – Oʻquvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson boʻlgan xabarni ajratib oladi.
Natijalarni baholash tartibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qoʻllanadi:
- javobni tanlash usulidagi toʻgʻri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi toʻgʻri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- erkin javob berishg kerak boʻlgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.
Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qoʻllanadi.
Tadqiqot natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]PIRLS-2001
[tahrir | manbasini tahrirlash]PIRLS-2001 tadqiqotida 35 ta davlat ishtirok etgan[2]. Tadqiqotda 4-sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligi baholangan.
Reyting | Mamlakat | Oʻrtacha balli |
---|---|---|
1 | Shvetsiya | 561 |
2 | Niderlandiya | 554 |
3 | Angliya | 553 |
4 | Bolgariya | 550 |
5 | Latviya | 545 |
6 | Kanada | 544 |
7 | Litva | 543 |
7 | Vengriya | 543 |
9 | AQSh | 542 |
10 | Italiya | 541 |
11 | Germaniya | 539 |
12 | Chexiya | 537 |
13 | Yangi Zelandiya | 529 |
14 | Shotlandiya | 528 |
14 | Singapur | 528 |
14 | Rossiya | 528 |
14 | Gonkong | 528 |
18 | Fransiya | 525 |
19 | Gretsiya | 524 |
20 | Slovakiya | 518 |
21 | Islandiya | 512 |
21 | Ruminiya | 512 |
23 | Isroil | 509 |
24 | Sloveniya | 502 |
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar | 500 | |
25 | Norvegiya | 499 |
26 | Kipr Respublikasi | 494 |
27 | Moldova | 492 |
28 | Turkiya | 449 |
29 | Shimoliy Makedoniya | 442 |
30 | Kolumbiya | 422 |
31 | Argentina | 420 |
32 | Eron | 414 |
33 | Quvayt | 396 |
34 | Marokash | 350 |
35 | Beliz | 327 |
PIRLS-2006
[tahrir | manbasini tahrirlash]PIRLS-2006 tadqiqotida 40 ta davlatdan 215 000 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etgan[3].
2006-yildagi tadqiqotda baholash testi toʻrtta jarayonni koʻrib chiqdi:
- aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni olish
- toʻgʻri xulosalar qilish
- gʻoyalar va maʼlumotlarni talqin qilish va umumlashtirish
- tarkib, til va matn elementlarini tekshirish va baholash
Reyting | Mamlakat | Oʻrtacha ball |
---|---|---|
1 | Rossiya | 565 |
2 | Gon Kong | 564 |
3 | Kanada (Alberta) | 560 |
4 | Singapur | 558 |
4 | Kanada (Britaniya Kolumbiyasi) | 558 |
6 | Lyuksemburg | 557 |
7 | Kanada (Ontario) | 555 |
8 | Italiya | 551 |
8 | Vengriya | 551 |
10 | Shvetsiya | 549 |
11 | Germaniya | 548 |
12 | Niderlandiya | 547 |
12 | Belgiya | 547 |
12 | Bolgariya | 547 |
15 | Daniya | 546 |
16 | Kanada (Yangi shotlandiya) | 542 |
17 | Latviya | 541 |
18 | AQSh | 540 |
19 | Angliya | 539 |
20 | Avstriya | 538 |
21 | Litva | 537 |
22 | Xitoy Taypeyi | 535 |
23 | Kanada (Kvebek) | 533 |
24 | Yangi Zelandiya | 532 |
24 | Slovakiya | 532 |
26 | Shotlandiya | 527 |
27 | Fransiya | 522 |
27 | Sloveniya | 522 |
29 | Polsha | 519 |
30 | Ispaniya | 513 |
31 | Isroil | 512 |
32 | Islandiya | 511 |
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar | 500 | |
33 | Moldova | 500 |
33 | Belgiya (French) | 500 |
35 | Norvegiya | 498 |
36 | Ruminiya | 489 |
37 | Gruziya | 471 |
38 | Shimoliy Makedoniya | 442 |
39 | Trinidad va Tobago | 436 |
40 | Eron | 421 |
41 | Indoneziya | 405 |
42 | Qatar | 353 |
43 | Quvayt | 330 |
44 | Marokash | 323 |
45 | Janubiy Afrika | 302 |
PIRLS-2011
[tahrir | manbasini tahrirlash]PIRLS-2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 oʻquvchi qatnashdi. Anʼanaga koʻra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida soʻzlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning taʼlim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin oʻquvchilar qatnashgan[4].
2011-yil maʼlumotlariga koʻra Gonkong, Rossiya, Finlandiya va Singapurda oʻquvchilar oʻqishni yaxshi oʻzlashtiradilar. Ushbu davlatlarning toʻrtinchi sinf oʻquvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni koʻrsatdilar. Ushbu mamlakatlarning oʻrtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi toʻrt mamlakatning natijalaridan ancha past.
Reyting | Mamlakat | Oʻrtacha ball |
---|---|---|
1 | Gonkong | 571 |
2 | Rossiya | 568 |
2 | Finlandiya | 568 |
4 | Singapur | 567 |
5 | Shimoliy Irlandiya | 558 |
6 | AQSh | 556 |
7 | Daniya | 554 |
8 | Xorvatiya | 553 |
8 | Xitoy Taypeyi | 553 |
10 | Ireland | 552 |
10 | Angliya | 552 |
12 | Kanada | 548 |
13 | Niderlandiya | 546 |
14 | Chexiya | 545 |
15 | Shvetsiya | 542 |
16 | Italiya | 541 |
16 | Germaniya | 541 |
16 | Isroil | 541 |
16 | Portugaliya | 541 |
20 | Vengriya | 539 |
21 | Slovakiya | 535 |
22 | Bolgariya | 532 |
23 | Yangi Zelandiya | 531 |
24 | Sloveniya | 530 |
25 | Avstriya | 529 |
26 | Litva | 528 |
27 | Avstraliya | 527 |
28 | Polsha | 526 |
29 | Fransiya | 520 |
30 | Ispaniya | 513 |
31 | Norvegiya | 507 |
32 | Belgiya (French) | 506 |
33 | Ruminiya | 502 |
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar | 500 | |
34 | Gruziya | 488 |
35 | Malta | 477 |
36 | Trinidad | 471 |
37 | Ozarbayjon | 462 |
38 | Eron | 457 |
39 | Kolumbiya | 448 |
40 | Birlashgan Arab Amirliklari | 439 |
41 | Saudiya Arabistoni | 430 |
42 | Indoneziya | 428 |
43 | Qatar | 425 |
44 | Ummon | 391 |
45 | Marokash | 310 |
PIRLS-2016
[tahrir | manbasini tahrirlash]PIRLS-2016 tadqiqot natijalari 2017-yil 5-dekabrda chop etildi[5]. Ushbu siklda ikkita qoʻshimcha tashabbus qoʻllandi:
1) PIRLS savodxonligini baholash (ilgari prePIRLS nomi qoʻllangan) qamrov doirasi va hajmi boʻyicha PIRLSga teng va PIRLS kabi oʻqish tushunchasini aks ettiradi.
2) 2016-yilda joriy etilgan ePIRLS – oʻquvchilarning onlayn oʻqish paytida maʼlumot olish va undan foydalanish qobiliyatini kompyuterda oʻqishni baholash tashabbusi. Baholash ilm-fan va ijtimoiy fanlar boʻyicha maktabga oʻxshash haqiqiy topshiriqlar bilan qiziqarli, simulyatsiya qilingan internet muhitini oʻz ichiga oladi. Ushbu ePIRLS onlayn oʻqish yutuqlari shkalasi mamlakatlarga toʻrtinchi sinf oʻquvchilarining onlayn oʻqish koʻrsatkichlarini PIRLS oʻqish yutuqlari shkalasidagi koʻrsatkichlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.
Mamlakatlar boʻyicha talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha PIRLS-2016 natijalariga koʻra, 18 ta davlatda oʻrtacha koʻrsatkich yuqoriroq, 13 mamlakatda bir xil oʻrtacha yutuq va 10 mamlakatda oʻrtacha koʻrsatkich pastroq boʻlib, 50 ta davlatning 48 tasida qizlarning oʻqish darajasi oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori boʻlgan[6][7]
PIRLS-2016 tadqiqot natijalariga koʻra, oʻrtacha oʻqish darajasi eng yuqori boʻlgan oʻnta mamlakat: Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Gonkong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Tayvan va Angliya davlatlaridir[8].
Reyting | Mamalakat | Oʻrtacha ball |
---|---|---|
1 | Rossiya | 581 |
2 | Singapur | 576 |
3 | Gonkong | 569 |
4 | Ireland | 567 |
5 | Finlandiya | 566 |
6 | Polsha | 565 |
6 | Shimoliy Irlandiya | 565 |
8 | Norvegiya | 559 |
8 | Xitoy Taypeyi | 559 |
8 | Angliya | 559 |
11 | Latviya | 558 |
12 | Shvetsiya | 555 |
13 | Vengriya | 554 |
14 | Bolgariya | 552 |
15 | AQSh | 549 |
16 | Litva | 548 |
16 | Italiya | 548 |
18 | Daniya | 547 |
19 | Makao | 546 |
20 | Niderlandiya | 545 |
21 | Avstraliya | 544 |
22 | Chexiya | 543 |
22 | Kanada | 543 |
24 | Sloveniya | 542 |
25 | Avstriya | 541 |
26 | Germaniya | 537 |
27 | Qozogʻiston | 536 |
28 | Slovakiya | 535 |
29 | Isroil | 530 |
30 | Portugaliya | 528 |
30 | Ispaniya | 528 |
32 | Belgiya | 525 |
33 | Yangi Zelandiya | 523 |
34 | Fransiya | 511 |
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar | 500 | |
35 | Belgiya (French) | 497 |
36 | Chili | 494 |
37 | Gruziya | 488 |
38 | Trinidad | 479 |
39 | Ozarbayjon | 472 |
40 | Malta | 452 |
41 | Birlashgan Arab Amirliklari | 450 |
42 | Bahrayn | 446 |
43 | Qatar | 442 |
44 | Saudiya Arabistoni | 430 |
45 | Eron | 428 |
46 | Ummon | 418 |
47 | Quvayt | 393 |
48 | Marokash | 358 |
49 | Misr | 330 |
50 | Janubiy Afrika | 320 |
PIRLS-2021
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reyting | Mamalakat | Oʻrtacha ball |
---|---|---|
1 | Singapur | 587 |
2 | Ireland | 577 |
3 | Gonkong | 573 |
4 | Rossiya | 567 |
5 | Shimoliy Irlandiya | 566 |
6 | Angliya | 558 |
7 | [[Shimoliy Irlandiya| Xorvatiya]] | 557 |
8 | Litva | 552 |
9 | Finlandiya | 549 |
9 | Polsha | 549 |
11 | AQSh | 548 |
12 | Xitoy Taypeyi | 544 |
12 | Shvetsiya | 544 |
14 | Bolgariya | 540 |
14 | Avstraliya | 540 |
14 | Chexiya | 540 |
17 | Vengriya | 539 |
17 | Daniya | 539 |
17 | [[Norvegiya| Norvegiya]] | 539 |
20 | Italiya | 537 |
21 | Makao | 536 |
22 | Avstriya | 530 |
23 | Slovakiya | 529 |
24 | Latviya | 528 |
25 | Niderlandiya | 527 |
26 | Germaniya | 524 |
27 | Yangi Zelandiya | 521 |
27 | Ispaniya | 521 |
29 | Portugaliya | 520 |
29 | Sloveniya | 520 |
31 | [[Malta| Malta]] | 515 |
32 | Fransiya | 514 |
32 | Serbiya | 514 |
34 | Albaniya | 513 |
35 | Kipr Respublikasi | 511 |
35 | Belgiya (flamand) | 511 |
37 | Isroil | 510 |
38 | Qozogʻiston | 504 |
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar | 500 | |
39 | Turkiya | 496 |
40 | Gruziya | 494 |
40 | Belgiya (French) | 494 |
42 | Chernogoriya | 487 |
43 | [[Qatar| Qatar]] | 485 |
44 | Birlashgan Arab Amirliklari | 483 |
45 | Bahrayn | 458 |
46 | Saudiya Arabistoni | 449 |
47 | Shimoliy Makedoniya | 442 |
48 | Ozarbayjon | 440 |
49 | Oʻzbekiston | 437 |
50 | Ummon | 429 |
51 | Kosovo | 421 |
52 | [[Braziliya| Braziliya]] | 419 |
53 | Eron | 413 |
54 | Iordaniya | 381 |
55 | [[Misr| Misr]] | 378 |
56 | [[Marokash| Marokash]] | 372 |
57 | [[Janubiy Afrika Respublikasi| Janubiy Afrika]] | 288 |
PIRLS 2021 tadqiqotida Oʻzbekiston oʻquvchilari ham ishtirok etib 57 mamlakatlar orasida 49-oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin esa, Osiyoning yana bir mamlakati Singapur, ikkinchi oʻrin Irlandiya, uchinchi oʻrin Gonkong mamlakati yuqori oʻrinlarni egallagan. Maʼlumot uchun, MDX mamlakatlari ham ushbu nufuzli tadqiqotda ishtirok etib, Rossiya 4-oʻrin, Qozogʻiston 38-oʻrin, Gruziya 41-oʻrin va Ozarbayjon 48-oʻrinlarni egallagan.[9]