P. H. Newby
P. H. Newby | |
---|---|
Tavalludi |
25-iyun 1918-yil |
Vafoti |
6-sentyabr 1997-yil (79 yoshda) Garsington, Angliya |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Percy Howard Newby CBE (Britaniya imperiyasi ordeni) (1918-yil 25-iyun - 1997-yil 6-sentyabr) ingliz yozuvchisi va radioeshittirish adminstratori edi. U 1969-yilda „Something to Answer For“ romani uchun oʻzining ilk yutugʻi Buker mukofotini qoʻlga kiritdi[1].
Oʻsmirligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]P.H. Newby nomi bilan tanilgan Howard Newby 1918-yil 25-iyun kuni Sasseks abbatligining Kroboro shahrida tugʻilgan va Vorkestershir abbatligidagi Hanley Castle oʻrta maktabida, undan keyin Cheltenham shahridagi Saint-Poul ta’lim kollejida tahsil olgan. 1939-yil oktyabr oyida Newby Ikkinchi Jahon urushi uchun Fransiyaga, Qirollik Armiyasi Tibbiyot Korpusiga oddiy askar sifatida xizmat qilish uchun yuborildi. Uning boʻlinmasi oxirgi evakuatsiya qilingan boʻlinmalardan biri edi. Keyinchalik u Oʻrta Sharqqa joʻnatilgan va Misr choʻlida xizmat qilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Newby 1942-yil dekabr oyida harbiy xizmatdan ozod qilindi va 1946-yilgacha Qohiradagi King Fuad universitetida ingliz adabiyotidan dars berdi. Uning shogirdlaridan biri misrlik muharrir Mursi Saad El-Din edi.
1949-yildan 1978-yilgacha u BBCda ishlagan, avval radio prodyuseri sifatida ish boshlagan va faoliyati davomida Uchinchi dastur va Radio 3 boʻlimlarining boshqaruvchi derektori boʻlgan. Radio 3 boʻlimidagi faoliyati davomida, Newby dasturga munozarali oʻzgartirishlar kiritmasdan stansiyadagi Klassik musiqa miqdorini koʻpaytirishga erishgan.
Newbyning birinchi romani "A Journey into the Interior" 1946-yilda nashr etilgan. Keyin u ijod qilish uchun Angliyaga qaytib keldi. Oʻsha yili unga adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Atlantika mukofoti berildi va ikki yil oʻtib Somerset Moughem mukofotini oldi. 1947-yilda John Lehmann Newbyining oʻgʻil bolalar uchun yozilgan „The Spirit of Jem“ sarguzasht hikoyasini 41 ta chizilgan chizmalar va Keith Vaughanning rangli chang oʻrami bilan nashr etdi.
U BBC Radiosining boshqaruvchi direktori sifatidagi faoliyati uchun CBE (Britaniya imperiyasi ordeni) bilan taqdirlangan.
Newbyning doʻst va hamkasbi Anthony Thwaite oʻzining unga atab yozgan taʼziyanomasida shunday deydi: „P.H. Newby asrning ikkinchi yarmidagi eng yaxshi ingliz romanchilaridan biri edi“[2].
Romanlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "A Journey to the Interior" (1945)
- "The Spirit of Jem" (1947)
- „Agents and Witnesses“ (1947)
- "Mariner Dances" (1948)
- "The Loot Runners" (1949)
- "The Snow Pasture" (1949)
- "The Young May Moon" (1950)
- "A Season in England" (1951)
- "A Step to Silence" (1952)
- "The Retreat" (1953)
- "Picnic at Sakkara" (1955)
- "Revolution and Roses" (1957)
- "Ten Miles From Anywhere" (1958)
- "A Guest and His Going" (1960)
- "The Barbary Light" (1962)
- "One of the Founders" (1965)
- "Something to Answer For" (1968)
- "A Lot to Ask" (1973)
- "Kith" (1977)
- "Feelings Have Changed" (1981)
- "Leaning in the Wind" (1986)
- "Coming in with the Tide" (1991)
- "Something About Women" (1995)
Badiiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Mariya Edgeworth" (1950)
- "The Novel" 1945-1950 (1951)
- „The Uses of Broadcasting“ (1978)
- "The Egypt Story" (1979)
- "Warrior Pharaohs" (1980)
- "Saladin in His Time" (1983)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Fiction at its Finest“. The Man Booker Prize. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2013-yil.
- ↑ Thwaite, Anthony. „Obituary: P.H. Newby“. The Independent (9-sentabr 1997-yil). 24-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2020-yil.