Kontent qismiga oʻtish

Ozurgeti

Koordinatalari: 41°55′37″N 42°00′02″E / 41.92694°N 42.00056°E / 41.92694; 42.00056
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozurgeti

gruzincha: ოზურგეთი
Shahar
41°55′37″N 42°00′02″E / 41.92694°N 42.00056°E / 41.92694; 42.00056
Mamlakat Gruziya
Viloyat Guria
Munisipalitet Ozurgeti munisipaliteti
Markazi balandligi 80 m
Aholisi
 (2014)
14 785[1]
Vaqt mintaqasi UTC+4
Ozurgeti xaritada
Ozurgeti
Ozurgeti

Ozurgeti (gruzincha: ოზურგეთი) — Gruziyada joylashgan Guriya viloyati poytaxti. Ilgari ushbu shahar Macharadze yoki Makharadze (Filipp Makharadze sharafiga) deb nomlangan.

Ozurgeti 1878-yilda.

Ozurgeti oʻrta asrlarning oxirlarida tashkil topgan va birinchi marta 1578-yilda Yangi Gruziya xronikalarida (ახალი ქართლის ცხოვრობა, akhali qartlis tskhovroba) tilga olingan.[2] Koʻp oʻtmay, u Guriya knyazligi hukmdorlarining qarorgohi hamda savdosi uchun muhim markaz boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, ushbu shahar ostidan 270 ta kumush tangadan iborat gʻazna — „Ozurgeti gʻaznasi“ topilgan.

1846-yil 14-dekabrda Ozurgeti shahar sifatida belgilandi.[3] Oʻsha paytda 300 nafardan sal oshiq aholi istiqomat qilar edi, ammo shaharning ahamiyati oshgani sayin aholi soni ortib bordi: 1865-yilga kelib, shahar aholisi qariyb 700 kishidan oshdi. Ushbu shahar Rossiya-Turkiya urushi (1877-78) uchun strategik joy boʻlib ham xizmat qildi. Ozirgeti 1891-yilda qonuniy bosmaxonaga ega boʻlgan Gruziyadagi toʻrtinchi shahar edi. 1923-yil 26-dekabrda Ozurgetida butun mamlakat bilan bogʻlaydigan temir yoʻl liniyasi tashkil etildi. Shahar nomi 1934-yil 9-iyulda gruziyalik bolshevik Filipp Maxaradze sharafiga „Maxaradze“ deb oʻzgartirildi. 1989-yil 15-mayda esa yana asl nomiga qaytarildi.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 14 785 kishi istiqomat qiladi. 2010-yilda aholining soni 20 636 kishini tashkil etgan. Shahar aholisining 94,5 % etnik gruzin, 3,8 % arman va 0,8 % ruslardan tashkil topgan.[4] Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, aholining 10 % qashshoq tarzda yashaydi va ishsizlik darajasi 15 % ni tashkil etadi.

Ozurgeti shahri dengiz sathidan 200 metr (656 fut) balandlikda joylashgan. Shaharning katta qismi Bjuji va Natanebi daryolari oʻrtasida joylashgan. Natanebi — Ozurgetidagi yer osti daryosi, uning ustiga shaharning koʻp qismi qurilgan, Bjuji esa yer usti boʻylab oqadi. Shaharni shimol va janubda tepaliklar oʻrab turadi.

Shaharning aksariyat jamoat binolari, jumladan munitsipal binolar, kinoteatr, teatr, muzeylar va istorahat bogʻlari oʻrta terasta joylashgan.

Shahar nam subtropik iqlimga ega va yil davomida yogʻingarchilik miqdori sezilarli darajada. Yanvar eng sovuq oy, avgust esa eng issiq oy hisoblanadi. Qor kamdan-kam uchraydi hamda asosan yanvar, fevral va mart oylarining boshlarida uchraydi.

Ahamiyatli kishilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „მოსახლეობის საყოველთაო აღწერა 2014“. საქართველოს სტატისტიკის ეროვნული სამსახური (ნოემბერი 2014). Qaraldi: 26 ივლისი 2016.
  2. ქართლის ცხოვრება, წიგნი II (Kartuli Tskhovreba, Book II) — Tbilisi, 1959 (in Georgian)
  3. Mr. Zardialishvili, "საქ. სსრ ეკონომიკური დარაიონება (The Economic Zoning of the Georgian SSR), p. 46 (Tbilisi, 1970) (in Georgian).
  4. georgia-ethnic-2014

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]