Ozor berma
Muallif(lar) | Henry Marsh |
---|---|
Tarjimon(lar) | Hikmatjon Tolibjonov (o'zbek tiliga) |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Janr(lar)i | Biografiya, Ilmiy-ommabop, Tibbiyot |
Nashr etilgan sanasi | 9-oktabr, 2014-yil |
Nashriyot | Weidenfeld & Nicolson nashriyoti |
Sahifalar soni | 291 |
ISBN | 978-1-250-09013-3 |
Ozor berma (inglizcha: Do No Harm: Stories of Life, Death, and Brain Surgery) – Henry Marshning hayot, oʻlim va neyrojarrohlik haqidagi 2014-yilda yozilgan hikoyalar toʻplami. Weidenfeld & Nicolson nashriyoti tomonidan chop etilgan. Kitob muallifning neyrojarroh sifatidagi faoliyati batafsil tasvirlangan biografiya janridagi asardir.
Asar mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Henry Marsh Buyuk Britaniyada taniqli neyrojarroh hisoblanadi. Uning otasi advokat, onasi Fashistlar Germaniyasidan qochqin boʻlgan. Marsh bakalavr darajasida oʻqib, keyinchalik ikki yil Davlat Milliy arxivida ishlaydi. Bir yil davomida koʻngilli sifatida Afrikada dars beradi va Oxford universitetiga oʻqishga kirib, siyosat, iqtisodiyot, falsafa fanlarini oʻrganadi. Hayotidagi inqirozli davr sabab oʻqishni maʼlum vaqt tashlaydi va AQSh shimolidagi konchilar shaharchasi kasalxonasida kichik tibbiy sanitar boʻlib ishlay boshlaydi. 6 oy davomida u yerda dastlabki tibbiy qiziqishlarni oladi. 1 yil oʻtgach qaytib kelib, Oxforddagi oʻqishini tamomlaydi va keyin Londondagi tabiiy fanlar boʻyicha yagona tibbiyot maktabiga hujjat topshiradi. Tabiiy fanlardan O va A dajarasi (Buyuk Britaniyada umumiy taʼlim sertifikatining oddiy darajalari) uchun London tibbiyot maktablari uni rad etishadi. Shuning uchun u Qirollikning bepul tibbiyot maktabiga oʻqishga kiradi. 1979- yilda oʻqishni tugatib oʻzi avval amaliyot oʻtagan shifoxonaga kichik shifokor sifatida ishlab boshlaydi[1]. Marsh faoliyati davomida shifokor va bemor oʻrtasidagi munosabatlarni chuqur eʼtiborga oladi. Jumladan, oʻlayotgan bemor va uning yaqinlariga mudhish habarni yetkazish, umidsizlikni anglata olish yoki umid berish, jarrohlik amaliyotidan keyin bemorni tuzalib ketishiga ishontira olish kabi hissiy qiyinchiliklarni asarda izohlab beradi[2]. Shu jumladan, neyrojarrohlik sohasining ogʻriqli tomonlari, neyrojarroh shifokorga kerak boʻladigan fazilatlar, shifokorlar va bemorlarning qarindoshlari oʻrtasidagi ziddiyat, tushinmovchiliklarni aytib oʻtgan. Asarda shifokor hayoti davomida tahlil qilib borgan koʻpgina kasalliklar, ularning davosi va oqibatlari haqida ham yozadi. Asarda uchraydigan tibbiy holatlar, terminlarga izoh berilgan va shu uchun asar nafaqat tibbiyot sohasidagilar uchun balki barcha toifadagi insonlar uchun ham tushinarli va mazmunli.
Tanqidiy fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitob haqidagi fikrlar asosan ijobiy boʻlgan[3][4]. Karl Ove Knausgård asar haqida fikr bildirib, unda „tasodifiy yoʻnalishdagi haqiqatlar“ borligini aytadi. Bundan tashqari, The Observer and The Daily Telegraph kompaniyasi ham maqtovga sazovor deb eʼtirof etgan. Ikkinchi marta nashr etuvchi Nicholas Blincoe uni „uzoq yillik yopilishlardan soʻng oqlangan muzokaralar seriyasi“ deb ataydi[5][6]. Michiko Kakutani asar haqida quyidagi fikrlarni keltiradi: „Kitob oʻquvchilar fikrini ijobiy chalgʻitsa-da, bir vaqtning oʻzida ularni inson tanasidagi moʻjizalarni qadrlashga va Henry Marsh kabi jarrohlar borligidan mamnun boʻlishda undaydi“[7].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2015-yilda PEN Ackerley mukofoti sovrindori[8]
- Pol Rojer Daff Kuper mukofoti finalchisi
- 2015-yilda „Welcome Book“ mukofoti finalchisi[9]
- Financial Times boʻyicha yilning eng yaxshi biznes kitobi[10]
- 2015-yilda Washington Post boʻyicha yilning eng yaxshi kitobi[11]
- Nyu-York Timesda yilning eng mashhur kitobi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Marsh, Henry (2014). Do No Harm: Stories of life, death, and brain surgery. p. 76.
- ↑ Marsh, Henry (2014). Do No Harm: Stories of life, death, and brain surgery. p. 110.
- ↑ Hammond, Phil (2014-03-15). „Do No Harm by Henry Marsh“. The Times. Archived from the original on 2019-03-21.
- ↑ Rothman, Joshua (2015-05-11). "Henry Marsh’s „Do No Harm“". The New Yorker. Archived from the original on 2015-05-13.
- ↑ Ferguson, Euan (2014-03-30). „Do No Harm: Stories of Life, Death and Brain Surgery review – 'a bloody, splendid book'“. The Guardian. Archived from the original on 2014-03-30.
- ↑ Blincoe, Nicholas (2014-03-08). „Do No Harm: Stories of Life, Death and Brain Surgery, by Henry Marsh, review“. The Daily Telegraph. Archived from the original on 2014-03-09.
- ↑ Kakutani, Michiko (2015-05-18). „Review: In 'Do No Harm,' a Brain Surgeon Tells All“. The New York Times. Archived from the original on 2019-03-21.
- ↑ „PEN Ackerley Prize“. English Pen. Archived from the original on 2019-04-28. Retrieved 2019-05-01.
- ↑ „Do No Harm“. Wellcome bookprize.
- ↑ "Best business books". Financial Times
- ↑ „Notable nonfiction of 2015“. The Washington Post. 2015-11-18.