Ozodlik maydoni (Boku)
Ozodlik maydoni — Bokuning eng katta maydoni, SSSR davrida Lenin maydoni deb nomlangan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yilda Bokuning markazidagi Hukumat uyi tiklanganidan soʻng maydon ham qurila boshlandi.1960-1970-yillarda bitkazilgan maydonga Lenin haykali oʻrnatildi.
Maydon harakati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk bor 1988-yilgi maydon voqealari vaqtida Lenin maydoni Ozodlik maydoni deb atala boshlandi. 20-yanvar hodisalaridan keyin maydonning yangi nomi xalq tarafidan bir ovozdan maʼqullandi. Biroz vaqt oʻtib bu nom rasmiylashtirildi. Maydon qarshisidagi Hukumat uyi oldiga oʻrnatilgan Lenin haykali agʻdarildi. Bugungi kunda haykal oʻrnida Ozarbayjon davlat bayrogʻi oʻrnatilgan[2].
1988-yilning 18-noyabr kunida SSSR Markaziy qoʻmitasining olib borgan antiozarbayjon siyosatiga norozilik belgisi sifatida Boku Ozodlik maydonida xalq namoyishi boshlandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Milli qurur günümüz...[sayt ishlamaydi]
- ↑ Lenin yaşayıb, yaşayır(?), yaşayacaq(?)[sayt ishlamaydi]