Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon — Marokash munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozarbayjon — Marokash munosabatlari

Marokash

Ozarbayjon

Ozarbayjon — Marokash munosabatlari. Ozarbayjon Respublikasi va Marokash Qirolligi oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi.

Mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik qishloq xoʻjaligi, energetika, transport, taʼlim, xususiy sektor, turizm, logistika, telekommunikatsiya, qurilish kabi sohalarda amalga oshirilb kelinmoqda[1][2].

Diplomatik munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yil 30-dekabrda Marokash Qirolligi hukumati Ozarbayjon mustaqilligini tan oldi. Ozarbayjon va Marokash oʻrtasida diplomatik munosabatlar birinchi marta 1992-yil 25-avgustda oʻrnatilgan[1].

1994-yil 12-dekabrda Kasablanka shahrida Ozarbayjon va Marokash tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi[3].

Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning Marokashga birinchi rasmiy tashrifi 1994-yilda boʻlib oʻtdi[4].

Ozarbayjon mamlakatining Marokashdagi vakolatxonasi 2006-yil sentyabr oyida ochilgan. Marokash mamlakatining Ozarbayjondagi elchixonasi esa 2008-yil noyabr oyida ochilgan.

2007-yil 28-sentyabrda Ozarbayjon va Marokash oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tuzildi[5].

Ozarbayjonning Marokashdagi Favqulodda elchisi Ogtay Gurbanov sanaladi[6]. Marokashning Ozarbayjondagi elchisi Muhammad Adil Ambarx hisoblanadi[7].

2011-yil mart oyida Marokash Adliya vaziri Muhammad Nosir Ozarbayjonga tashrif buyurdi. Muzokaralar chog‘ida ekstraditsiya to‘g‘risidagi birinchi davlatlararo shartnomalar, fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha huquqiy hamkorlik, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam, shuningdek, ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar loyihalari muhokama qilindi[4].

2018-yilning 5-mart kuni Marokash tashqi ishlar vaziri Nosir Burit Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadyarov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi[8].

2018-yil 30-oktabrda Ozarbayjon Davlat xizmati, ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi hamda Marokash hukumati o‘rtasida Memorandum kelishuvlar imzolandi[4].

Ozarbayjon va Marokash oʻrtasida jami 20 ta hujjat imzolandi[5].

Iqtisodiy hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2017-yilda tovar aylanmasi taxminan 3,9 million AQSh dollarini tashkil qilgan[1]. Marokash neft kompaniyalari Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi (SOCAR) bilan hamkorlik qiladi[9].

Savdo aylanmasi (mln. USD)[5]

Yillar Import Eksport Savdo aylanmasi
2014-yil 55.7 38.5 94.2
2015-yil 4587.13 53.58 4640.71
2016-yil 2838.30 00.00 2838.30
2017-yil 3879.1 2.8 3881.9
2018-yil 4445.7 0.4 4446.1

Xalqaro hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro maydonda mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik turli xalqaro tashkilotlar: Islom hamkorlik tashkiloti (IHT), IHT va boshqalar doirasida amalga oshiriladi[6][10].

Marokash Qorabog‘ muammosi boʻyicha Ozarbayjon pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi[6]. Ozarbayjon, oʻz navbatida, Gʻarbiy Sahroi Kabir masalasida Marokash pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi[11].

2018-yilning 12-iyun kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev „Koʻzi ojizlar va koʻrishda nuqsoni boʻlgan yoki boshqa nogironligi boʻlgan shaxslarning chop etilgan asarlardan bosma maʼlumotlarni idrok etishini osonlashtirish boʻyicha Marokash shartnomasiga qoʻshilish toʻgʻrisida“gi qonunni imzoladi va shartnoma esa 2018-yil 24-dekabrda kuchga kirdi[12]. 2018-yil oktabr oyida Jenevada boʻlib oʻtgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) aʼzo davlatlar Bosh assambleyasining 58-yigʻilishida Ozarbayjon intellektual mulk agentligi boshqaruvi raisi Kamran Imanov Ozarbayjonning Marokash shartnomasiga qoʻshilishi haqida eʼlon qildi[12].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Азербайджан и Марокко расширят сотрудничество в нескольких ключевых сферах“ (ru). БелТА (2018-yil 6-mart). 2020-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  2. „Азербайджан и Марокко в I полугодии планируют подписание новых соглашений для расширения сотрудничества – посол в Баку“. interfax.az. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  3. „İKİTƏRƏFLİ MÜNASİBƏTLƏR“. rabat.mfa.gov.az. 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Между Азербайджаном и Марокко подписаны первые межгосударственные договора“ (ru). azertag.az. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Morocco“. mfa.gov.az. 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Азербайджан и Марокко обсудили военное сотрудничество“ (en). Armiya.Az. 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  7. Vzglayd.az. „Назначен новый посол Марокко в Азербайджане“ (ru). http://vzglyad.az. 2020-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  8. „Азербайджан-Марокко“.
  9. Vzglayd.az. „Марокко видит перспективы сотрудничества с SOCAR“ (ru). http://vzglyad.az. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  10. „Welcome to Heydar Aliyevs Heritage Research Center“. lib.aliyev-heritage.org. 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  11. „Посол Азербайджана в Марокко встретился с главой Палаты представителей страны“ (en). AZE.az (2012-yil 15-mart). 2014-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 Vzglayd.az. „Азербайджан присоединился к Марокканскому договору“ (ru). http://vzglyad.az. 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.