Oysuluv
Qiyofa
„Oysuluv“ — oʻzbek xalq dostoni. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan H. Zarifov yozib olgan. Bosh qahramoni Oysuluv — Turon mamlakatining podshosi. Doston chuqur ijtimoiy-siyosiy mazmunga boy boʻlib, unda xalqning orzu-umidlari, vatanparvarlik tuygʻulari, bosqinchilarga qarshi kurashi aks ettirilgan. Oysuluv oʻz xalqi va yurtiga sodiq, vatanparvar, mard, jasur, kurashda tengsiz, dushmanga ayovsiz afsonaviy qahramon obrazidir.
Oysuluv Eron podshosi — bosqinchi Doro lashkarlariga qarshi qahramonona jang qiladi va uni tor-mor etadi. Oysuluv Oʻrta Osiyo xalqlari afsonalaridagi qahramon ayol Toʻmaris obrazini eslatadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |