Oyim tumani
tuman | |
---|---|
Tegishli |
Andijon okrugi Fargʻona viloyati Andijon viloyati |
Tarkibida | 8 ta qishloq soveti |
Maʼmuriy markazi | Oyim qishlogʻi |
Asos solingan sanasi | 1929-yil |
Bekor qilingan sanasi | 1959-yil |
Aholi | 21 580 kishi (1939) |
Maydoni | 210 km² |
Xaritada |
Oyim tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi, Fargʻona va Andijon viloyatlarida 1929—1959-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oyim tumani 1929-yilda Andijon okrugi tarkibida tashkil etilgan. Markazi Oyim qishlogʻi.
1930-yilda okruglar tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita respublika boʻysunuviga oʻtdi.
1938-yil 15-yanvarda tuman Fargʻona viloyati tarkibiga kiritildi, 1941-yil 6-martda esa Andijon viloyati tarkibiga oʻtkazildi.
1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibida 8 qishloq Soveti: Oyim, Dardak, Dardaktepa, Qiziltoʻqay, Koʻkalon, Quritqi, Toshloq va Teshiktosh kirgan[1].
1959-yilda Oyim tumani tugatildi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 21 580 kishi istiqomat qilgan, jumladan oʻzbeklar 61,2%, qirgʻizlar 26,7%, tojiklar 3,5%, uygʻurlar 2,6%, ruslar 2,2%, tatarlar 1,6% tashkil etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Административно-территориальное деление Узбекской ССР, Ташкент, 1948.
- ↑ „Всесоюзная перепись населения 1939 года. Национальный состав населения районов, городов и крупных сел союзных республик СССР“. Демоскоп. 2021-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.