Otayor Nahanov
![]() | Bu sahifani tezda oʻchirish taklif etiladi.
Sababi: M6: Keng ommaga mashhur boʻlmagan kishi, tashkilot, veb-sayt yoki hodisa haqidagi maqola. Agar ushbu sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring. Sahifa muallifiga: Mazkur ogohlantirish xabarini aslo oʻzingiz olib tashlamang.Administratorlarga: bu yerga ishoratlar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • oʻchirish Bu sahifa oxirgi marta MinaUktamova (hissasi | qaydlar) tomonidan 12:15, 3-mart 2025 (UTC) (1 soniya avval) da tahrir qilingan. |
Otayor Nahanov— 1947-yil 19-yanvarda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tugʻilgan.Uning birinchi sheʼriy toʻplami „Ishqim bayoni“ 1975-yilda chop etilgan[1]. Shundan soʻng, shoirning „Lolarang ertak“, „Oʻsha koʻzlar“, „Oq fasl“ kabi sheʼriy toʻplamlari, Mirtemir ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan „Quyoshni koʻrgani keldim“ essesi oʻquvchilarga taqdim etildi. Otayor publitsist sifatida ham yaxshigina nom qozondi. Uning „Odamlar orasida yashayman“ badiiy-publitsistik asari, bolalar uchun yaratgan qator multiplikatsion filmlari, oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilingan asar — Eston yozuvchisi Anton Xansen Tammsaarening „Doʻzaxdan chiqqan yangi shayton“ romani, bolalar uchun Karilo Fin xalqlari eposi „Kalivala“ kitobxonlarga manzur boʻlgan nashrlardan. Xalq ogʻzaki ijodining jozibasi, xalq dostonlarining sehrli olami Otayor shuurini bir dam boʻlsa-da, tark etmadi. Uning tarjimai holida shunday oʻchmas satrlar bor: „Otayor Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Folklor kengashi raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan kezlari Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida boʻldi. Islom shoir, Bola baxshi, Yodgor baxshi, Umarqul Poʻlkan, Chori baxshi Xoʻjamberdi oʻgʻli, Qodir baxshi Rahim oʻgʻli kabi taniqli baxshilarning faoliyati toʻgʻrisida tadqiqot maqolalar yozdi.“ Shuningdek, „Islom shoir zamondoshlari xotirasida“ toʻplamini oʻquvchilarga havola etdi. Otayor 2001-yil 7-yanvarda Toshkent shahrida vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |