Oriyentalizm
Oriyentalizm (lot. opepk -sharq) —Yevropa sanʼatida shakl topgan badiiy usul, ijodiy tamoyil; Sharq xalqlari madaniyatiga xos mavzu va obrazlarga murojaat etishi, shuningdek. Sharq sanʼati ifodaviy vositalari, badiiy shakllarining qoʻllanishi bilan belgilanadi. kelib chiqishi Yunoniston (miloddan avvalgi 8— 7-asrlar), qad. Rim (milodiy 1-asr, "misrlashgan 3-uslub", Pompeyadagi "Or-fey uyi" va boshqalar) sanʼati bilan bogʻliq. Oʻrta asr davrida O.ning jihatlari Kurtuba xalifaligi (mas, 8-10-.larda qurilgan va ʻkeyinchalik cherkovga aylantirilgan Kordova katta mas-jidi), Granada (13-14-asrlarda bunyod etilgan al-humro saroyi va boshqalar) meʼmorligida taqasimon ravoqlar, oʻziga xos dekorativ va jimjimador panjaralar orqali namoyon boʻlgan. Keyinchalik ham Ispaniyaning janubida sharqona uslub "Mudexar" nomi bilan davom etdi (15-asrga mansub Saragossa viloyati Utevodagi cherkov qoʻngʻiroqxonasi — "Koʻzgular minorasi" va b). Fransiya meʼmorligida O. Napoleon davri (ampir uslubi)da ham namoyon boʻlgan. Bezaklar qatorida sfinks tas-virlari va mayda naqshlar ("arabeska") qoʻllangan. Bular Luvr, Fonteb-lo, Malmezon saroylarini ʻqayta qurishgan Persʼye (Persʼye) va Fon-ten ijodlarida yaqqol seziladi. Rossiya meʼmorligidagi O.ga 18-asr oxi-rida Chor selosi (Sarskoye selo) ning Xitoy qishlogʻida bunyod etilgan imo-ratlar misol boʻla oladi. Tasviriy sanʼatda K.Matiss yapon miniatyurasi ("Baliqlar", "Yapon vazasi boʻlgan natyurmort" va boshqalar), P.Gogen Okeaniya xalqlari amaliy bezak sanʼati ("Ki-rol xotini", "Taiti pastorallari" va boshqalar), P.Pikasso negrlar niqoblari ("Yelpigʻichli ayol", "3 musiqachi") dan ilhomlanib asarlar yaratishgan.
Oʻzbekistonda O. 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshida yevropalik meʼmorlar ijodida yaqqol koʻrinadi (Toshkentdagi Romanov saroyi, \ozirda buzilib ketgan "Xiva" kinoteatri, Kogondagi va Sherbudundagi amir saroylari, Xivadagi aloqa boʻlimi va kasalxona). Toshkentdagi A.Polovsevning uyi (hozirgi Amaliy sanʼat muzeyi) asosan xalq meʼmorligi anʼanalarida barpo etilgan boʻlib, unda Yevropa jihozlari (chunonchi, pech) \am oʻzbek anʼanaviy naqshlari bilan bszatilgan. 20-asrning 30—70 ylarida xam Oʻzbekiston meʼmorlari O. anʼanalaridan foydalanishgan (Toshkentdagi Fanlar akademiyasi binosi va boshqalar). Ayrim binolarda milliy shakllarga keng oʻrin berildi (Moskvadagi qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasining Oʻzbekiston paviloni va boshqalar).
Musiqada O.ning misollari G.Pyorsell (Angliya), F.Ramo (Fransiya) kabi kompozitorlarning umumsharqona asarlari, Vena klassik maktabi namoyandalariga xos "turkcha" namunalarida yuzaga kelgan. Tom maʼnodagi badiiy yetuk namunalarini 19-asrdan boshlab Fransiya (F.David, J.Bi-ze, K. Sen-Sans va boshqalar), Rossiya ("Kud-ratli toʻda" vakillari), 20-asrda Polsha (K.Shimanovskiy), Avstriya (T.Maler, KShyonberg), Fransiya (M.Ravel, O.Mes-sian) kompozitorlari yaratishgan. Baʼ-zan ayrim kompozitor (N.Rimskiykor-sakov, SRaxmaninov va boshqalar)larning bu boradagi izlanishlari toʻlaqonli shar-qona asarlar yaratishga olib kelgan. Bu esa Sharq (xususan, Oʻzbekiston)da kom-pozitorlik maktabi shakllanishga ijo-diy ibrat vazifasini oʻtagan.
Neʼmat Abdullayev, Xayrulla Poʻlatov, Toʻxtasin Gʻafurbekov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |