Kontent qismiga oʻtish

Orion (UUA)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orion

Orion-E
Tavsifi
Turi harbiy dron
Loyihalovchi "Kronshtadt" AJ
Ishlab chiqaruvchi "Kronshtadt" Guruhi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilk parvoz 10.10.2016
umumiy soni 6 ta
Oʻlchamlari
Orion (UUA)

Orion - Kronshtadt (ITR MChJ) tomonidan ishlab chiqilgan oʻrta balandlikda uzoq parvoz davomiyligiga (MALE, Medium Altitude, Long Endurance) ega boʻlgan Rossiyaning uchuvchisiz uchish apparati (UUA).

UUA oʻrtacha massaga ega, shu bilan birga sezilarli parvoz davomiyligi va foydali yuk koʻtaraolish imkoniyatiga ega. Bort uskunasi maʼlum bir hududda uzoq vaqt patrul qilish imkoniyati bilan vizual, radar yoki elektron razvedka uchun moʻljallangan. Toʻrttagacha havo-yer raketalarini oʻrnatish mumkin[1].

UUAning eksport versiyasi " Orion-E " deb nomlanadi. Rossiya Qurolli Kuchlari uchun ishlab chiqilgan varianti esa "Inoxodets " deb nomlanadi.

2011 yilda UAAni ishlab chiqish Rossiya Mudofaa vazirligi buyrugʻi bilan amalga oshirildi. Tajriba-konsttuktorlik ishlari doirasida UUA „Inoxodets“ kodi bilan nomlangan edi. Loyihaning bosh ishlab chiquvchisi va ijrochisi Sankt-Peterburgdagi „Tranzas“ kompaniyasining boʻlinmasi boʻlib, u UUAlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanardi, keyinchalik „Kronshtadt“ deb nomlanadi va AFK „Sistema“ tomonidan sotib olinadi.

NPK SPP ning 2014-yil uchun hisobotidan maʼlum boʻlishicha, SPP „Orion“ UUA uchun optik-elektron stantsiyani ishlab chiqqan, ommaviy ishlab chiqarish esa 2017-yildan boshlangan (har yili 30 ta mahsulot).

Parvoz sinovlari uchun birinchi prototip 2015-yilda yasalgan. Xuddi shu yili ushbu UUA Ryazanning Protasovo[2] aerodomida koʻrinish bergan. Sinovlar Gromov nomidagi Parvoz tadqiqot institutida 2016-yilning birinchi yarmida[3] boshlandi.

Ushbu UUAning eksport versiyasi „MAKS-2017“ aviasalonida taqdim etildi[4]. „Armiya-2018“ forumida „Kronshtadt“ guruhi dron uchun qurollarni boshqarish blokini taqdim etdi[5]. 2018-yilda Orion havo bombalaridan foydalanish boʻyicha sinovdan oʻtkazildi. Oʻsha yili Suriyaga yuborildi, ammo unga qurol oʻrnatilmadi. „MAKS-2019“ aviasalonida Rossiya Mudofaa vazirligi yil oxirigacha bitta kompleksni olishi maʼlum boʻldi.

2019-yil noyabr oyida „Orion“ Rossiya Aerokosmik kuchlarida eksperimental harbiy operatsiyaga kirishdi; Oʻsha yilning 16-noyabrida Ryazan viloyatida bitta apparat qulab tushdi.[5]

2019-yilda „Kronshtadt“ OAJ fuqaro aviatsiyasida foydalanish uchun „Orion“ uchuvchisiz uchish tizimi (UUT) sertifikatini olish uchun Rossiyadagi birinchi arizani Rosaviatsiyaga topshirdi[6]. "Orion" UUT tarkibiga foydali yuklar toʻplami, masofaviy uchuvchi stantsiya va avtomatik uchish va qoʻnish moslamalari bilan jihozlangan ikkita uchuvchisiz uchish apparati kiradi. Kompaniya amaldagi havo qonunchiligiga muvofiq sertifikatlashtirish ishlarini kompleks tarzda amalga oshirishga kirishdi.

2019-yil dekabr oyida Mudofaa vazirligi kollegiyasida S.K. Shoygu dronning zarba beruvchi versiyasi birinchi marta Suriyadagi haqiqiy jangovar holatlarda sinovdan oʻtkazilganini aytdi. Avvalroq dron, oʻtgan yillar davomida u yerda „Orion“ qurolsiz konfiguratsiyada sinovdan oʻtkazilgani xabar qilingandi[7].

2020-yilning 20-aprelida TASS axborot agentligi „Kronshtadt“ guruhi va Rossiya Mudofaa vazirligi oʻrtasida uchta mashinadan iborat birinchi „Orion“ uchuvchisiz kompleksini qabul qilish akti imzolangani haqida xabar berdi.

2021-yil aprel oyida kompaniya matbuot xizmati „Kronshtadt“ kompaniyasi Dubna shahrida Rossiyaning birinchi uchuvchisiz uchish apparatlarini seriyali ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi. Zavod rekord muddatda qurilib, 2021-yilning noyabrida boshlandi. Loyihaga kiritilgan investitsiyalar 4 milliard rubldan ortiqni tashkil qildi. RIA Novosti iqtibos keltirgan Harbiy-sanoat kompleksidagi manbaga koʻra, "yangi ishlab chiqarish Mudofaa vazirligi va boshqa mijozlarning "Inohodets" UUAriga boʻlgan ehtiyojni qondiradi"[8][9][10].

UUT "Orion" havo patrulligi, monitoring va aerofotosurat bilan bogʻliq havo ishlarini bajarish uchun moʻljallangan.

Eng muhim vazifalardan biri sifatida Shimoliy dengiz yoʻli boʻylab Arktikaga[11] boruvchi kemalar yurishini taʼminlash uchun razvedkadir. Bundan tashqari, oʻrmon yongʻinlarini aniqlashda uzoq masofaga uchuvchi apparat sifatida foydalanish mumkin. Bunday tizim „MAKS-2019“ aviasalonida taqdim etilgan[12].

Bunday tizimning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Yongʻinga qarshi monitoringi;
  • Oʻrmon patologik monitoringi;
  • Oʻrmon xoʻjaligi monitoringi;
  • Oʻrmon yongʻinlari tuzilmalari bilan aloqani tashkil etish;
  • Chekka hududlardagi yongʻin oʻchirish boʻlinmalariga favqulodda yuklarni yetkazib berish.

Konstruktsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Orion-E.

Oʻrta oʻlchamdagi planer, normal aerodinamik joylashuvi tekis qanotli va V shaklidagi dumga ega. Fyuzelaj katta choʻzilgan, nosimetrik kesmaga ega. Mustaxkamlik koʻrsatkichlarini saqlab qolgan holda, ogʻirlikni kamaytirish uchun uning korpusi kompozit materiallardan tayyorlangan.

Qanoti - ilgʻor mexanizatsiyalash bilan bir oz toraygan holda uzun choʻzilgan, oʻrtajoylashuvi tekis. Mexanizatsiyalashning barcha asosiy vositalari elektr masofadan boshqarish tizimi (EMBT) tomonidan boshqariladi.

Oldustunning oldi qismida va uning orqasida foydali yukni joylashtirish, zarur jihozlarni oʻrnatish uchun ichki hajmlar mavjud.

Tajriba namunasidagi dvigatel 86 kVt (115 ot kuchi) quvvatga ega va Amerikaning Rotax 914 (xuddi shunday dvigatel MQ-1 Predator ga oʻrnatilgan) dvigateli hamda, balandlikni oshirish uchun turbo kompressor bilan jihozlangan. Diametri 1,9 metr boʻlgan AB-115 ikki qanotli vint Aerosila kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Agat kompaniyasi AQMI bilan hamkorlikda seriyali ishlab chiqarish uchun Rossiyaning APD-110/120 dvigatelini ishlab chiqmoqda.

„KT-Uchuvchsiz tizimi“ va boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan avionikadan foydalanilgan.

UUA avionikasi quyidagilardan iborat:

  • Axborotni boshqarish tizimi;
  • Avtomatik boshqaruv tizimlari;
  • Umumiy jihozlar bilan interfeys uskunalari;
  • Bort uskunalarini kuzatish va diagnostika qilish tizimlari;
  • Inertsial-sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimi.

Foydali yuk fuzelyajning ichiga yoki qisman samolyot korpusining tashqarisiga oʻrnatiladi.

Yuk tashish imkoniyatlari:

  • yuqori aniqlikdagi raqamli aerofotosurat tizimi,
  • ixcham koʻp funksiyali radar tizimi,
  • elektron razvedka uskunalari,
  • optik-elektronik tizim.

Foydali yuk havodan razvedka qilish va qurolli kuchlar harakatlarini axborot bilan taʼminlash imkonini beradi; patrullik qilish; nishonni belgilash, yongʻinni boshqarish; hududni topografik suratga oladi[13].

Optik-elektron tizim (OET)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiquvchiga koʻra[14] :

  • MOET vazni: 55,5 kg,
  • diametri - 410 mm,
  • balandligi - 550 mm.

Asosiy funksiyalari[14] :

  • koʻrinadigan va infraqizil diapazonlardagi boʻshliqning umumiy koʻrinishi;
  • Suv usti va yer usti nishonlarini aniqlash va avtomatik kuzatish;
  • nishongacha boʻlgan masofani va uning yoritilishini lazer nurlanishi bilan oʻlchash.

Axborot kanallari roʻyxati[14] :

  • oʻzgaruvchan burchakli maydonga ega teplovizor kamerasi;
  • oʻzgaruvchan burchakli maydonga ega televizor kamerasi;
  • keng burchakli televizor kamerasi;
  • lazer masofa oʻlchagichi (koʻzlar uchun xavfsiz);
  • lazerli masofa oʻlchagich / nishon koʻrsatuvchi.

Rossiya Hukumatining 04.09.2010-yildagi 218-sonli qaroriga binoan "Fazotron-NIIR" korporatsiyasi" AJga "Orion" UUA uchun X-diapazonli RLS MF-2 koʻpfunksiyali radarini ishlab chiqish maʼsuliyati yuklatildi[15].

UPAB-50 va FAB-50 aviabombalarining maketi.
  • Sozlanuvchi aviabombasi - KAB-20, KAB-50
  • boshqariladigan rejalashtirish aviabombasi - UPAB-50
  • erkin tushadigan aviabomba - FAB-50
  • aviatsiya boshqariladigan raketasi - X-50

Kompleksning tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompleksning toʻliq tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • operatorni joylashtirish moduli,
  • radiotexnik uskunalar moduli,
  • uchish va qoʻnishni boshqarish moduli,
  • 3-6 ta "Orion" UUA.

TTX (eksport versiyasi)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Orion-E" UUA kompleksining xususiyatlari:

  • oʻlchamlari (uzunligi, qanotlari, balandligi): 8 m, 16,3 m, 3,2 m,
  • uchish ogʻirligi: 1000 kg,
  • foydali (jangovar) yuk: 200 kg,
  • qoʻllash radiusi: 250 km,
  • UUA retranslyator bilan qoʻllash diapazoni: 300 km,
  • parvoz davomiyligi: 24 soat (60 kg yuk bilan),
  • dvigatel kuchi (Rotax 914): 86 kVt (115 ot kuchi),
  • parvoz balandligi: 7500 m,
  • kreyser tezligi 120 km/soat.

"Kronshtadt" OAJning rasmiy veb-saytida "Orion" UUAning ishlash koʻrsatkichlari haqida bir oz qarama-qarshi maʼlumotlar mavjud.[17][18] Shunday qilib, masalan, turli jadvallarda foydali yuk massasi 200 kg va 250 kg, kruiz tezligi esa 120 km / soat va 200 km / soat sifatida koʻrsatilgan (ehtimol 200 km / soat qurilmaning maksimal tezligiga toʻgʻri keladi). Shuning uchun, yuqoridagilar ishlab chiquvchi tomonidan berilgan minimal qiymatlardir. Amaldagi amaliyot shuni koʻrsatadiki, Rossiya armiyasi uchun "Orion" versiyasi eksport versiyasidan yuqori xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin.

  1. „Еще несколько лет: почему отстают российские дроны“. Qaraldi: 2020-yil 11-may.
  2. „В Рязани впервые „засветился“ „вживую“ новый беспилотник „Орион“ (фото) | Defence.Ru“. 2017-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  3. В России начались испытания разведывательно-ударного беспилотника „Орион“ // РИА, май 2016
  4. В бой рвется русский „Орион-Э“ // НГ
  5. 5,0 5,1 Компания „Кронштадт“ поможет в расследовании падения беспилотника „Орион“
  6. сообщили в пресс-службе компании. „Подана заявка на сертификацию БПЛА „Орион““ (ru). Авиация России (2019-yil 21-oktyabr).
  7. Готовятся контракты на поставки за рубеж уникальных зенитных ракетно-пушечных комплексов и ударных дронов „Орион“ // Известия, 24 августа 2020
  8. Первый в России завод по производству ударных беспилотников построят к ноябрю
  9. Галоп „Иноходца“. В России срочно построят завод для выпуска ударных БПЛА
  10. В России началось строительство завода по производству ударных дронов
  11. Источник - Группа „Кронштадт“. „О перспективах использования БАС в Арктической зоне РФ“ (русский). Новый оборонный заказ (2019-yil 20-dekabr).
  12. РИА НОВОСТИ. „В России создают версию беспилотника "Орион", фотографирующую поджигателей“ (русский). РИА НОВОСТИ (2019-yil 30-avgust).
  13. В бой рвётся русский „Орион-Э“ / Воины и Армии / Независимая газета
  14. 14,0 14,1 14,2 „Архивированная копия“. 2017-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  15. Проекты в рамках Постановлений Правительства Российской Федерации, 2020-11-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-01-30
  16. В. Тучков. „Крылатый „Орион“ долбит протурецких боевиков“. СвободнаяПресса (2021-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  17. [1][sayt ishlamaydi] // официальный сайт АО Кронштадт
  18. [2][sayt ishlamaydi] // официальный сайт АО Кронштадт