Orhan Gencebay
Orhan Gencebay | |
---|---|
Tavalludi |
Orhan Kencebay 4-avgust 1944-yil |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Xonanda, bastakor, prodyuser, rejissyor, aranjirovkachi, aktyor |
Faoliyat yillari | 1963-hozirgacha |
Orhan Gencebay (1944-yil 4-avgustda tugʻilgan) – turk musiqachisi, bastakor, qoʻshiqchi, aranjirovkachi, prodyuser, koʻplab musiqalar mualifi va aktyor. Gencebay 1944-yil 4-avgustda Samsun shahrida tugʻilgan. Asli kelib chiqishi Qrim-tatarlik[1]. 1998-yilda Turkiyaning Xalq artisti nomli unvonini olgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gencebay 20-22 yoshlarida Turk Radio Television Corporation (TRT) teleradio kanalining sinov bosqichlaridan o'tib, bir necha oy davomida shu yerda musiqa ijrochisi boʻlib ishlagan. 1966-yilda Turk musiqasining ikki zamonaviy ustasi Arif Sağ va Cinuçen Tanrıkorur bilan milliy Bağlama tanlovida asosiy ishtirokchilardan biri bo'lib ishtirok etgan. Oltmishinchi yillarning oxirlarida u spektakllar va kino musiqalarida shuhrat qozongan musiqachilar bilan hamkorlik qila boshladi. 1966-1968-yillar orasida Muzaffer Akgün, Yıldız Tezcan, Gülden Karaböcek, Ahmet Sezgin, Şükran Ay, Sabahat Akkiraz, Nuri Sesigüzel kabi qo'shiqchilar bilan ko'plab shaharlarda qoʻshiq ijro etgan. Gencebay, Ana, Kuyu, Qizilirmak-Qoraqoyun kabi ko'plab turk filmlarida musiqa rejissyori sifatida ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, u turli janrdagi ko‘plab musiqachilar bilan hamkorlik qilgan, masalan, Erkin Koray[3], Omar Faruk Tekbilek[4], Ismet Siral, Burhan Tonguc, Ozer Senay, Vedat Yildirimbora, Neşet Ertaş, Abdullah Nail Bayşu kabilar shular jumlasidandir. U turk xalq musiqasi anʼanaviy janrida bir qancha qoʻshiqlarni yaratgan. Shu bilan birga sahnada qoʻshiqchi va taniqli bastakor sifatida namoyon boʻlgan. 1968-yilda o'zining birinchi "erkin uslub" yoʻnalishidagi qoʻshigʻi "Sensiz Bahar Gecmiyor/Basa Gelen Cekilirmis"ni chiqargan va bu qoʻshiq orqali koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan. 1970-yillarda u anʼanaviy turk xalq musiqasi, turk klassik musiqasi, gʻarb klassik musiqasi, jazz, rok, kantri, progressiv, psixodelik, hind, arab, ispan va yunon musiqa uslublari uygʻunlashgan yangi janrlarda koʻplab qoʻshiqlarni yaratgan.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studio albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1969: Musalla Taşı
- 1970: Kaderimin Oyunu
- 1972: Bir Teselli Ver
- 1973: Batsın Bu Dünya
- 1974: Hatasız Kul Olmaz
- 1976: Sarhoşun Biri]]
- 1978: Benim Dertlerim
- 1979: Yarabbim
- 1980: Aşkı Ben Yaratmadım
- 1980: Ben Topraktan Bir Canım
- 1981: Leyla ile Mecnun
- 1982: Bir Damla Mutluluk
- 1983: Kördüğüm
- 1984: Dil Yarası
- 1985: Beni Biraz Anlasaydın
- 1986: Cennet Gözlüm
- 1987: Akma Gözlerimden
- 1988: Emrin Olur
- 1989: Ya Evde Yoksan
- 1990: Utan - Dokunma
- 1991: Hasret Rüzgarı
- 1992: Sen de Haklısın
- 1993: Hayat Devam Ediyor
- 1994: Yalnız Değilsin
- 1995: Gönül Dostu
- 1996: Kiralık Dünya
- 1998: Cevap Ver
- 2004: Yürekten Olsun
- 2006: Yargısız İnfaz
- 2010: Berhudar Ol
- 2012: Orhan Gencebay ile Bir Ömür
- 2013: Bedensiz Aşk
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kirim Tatar“. — „Orhan Gencebay Kırım Tatarı olduğunu açıkladı“. 2015-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-noyabr.
- ↑ Evin Doğu.. „Sanatçılar unvansız kaldı“. NTV-MSNBC (2000-yil 19-iyul). Qaraldi: 2013-yil 7-dekabr.
- ↑ „Erkin Koray“ (2008-yil 18-yanvar). — „Erkin Koray met Gencebay in the early seventies.“. Qaraldi: 2008-yil 13-may.
- ↑ „Omar Faruk Tekbilek Biography“. — „Omar Faruk's skills blossomed in Istanbul playing with some of the leading Turkish musicians including Orhan Gencebay“. Qaraldi: 2008-yil 13-may.