Kontent qismiga oʻtish

Oqtom qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqtom qabristoni - Janubiy Fargʻonadagi Margʻilonsoyning chap qirgʻogʻidagi Oqtom va Damkoʻl qishloklari qarshisida joylashgan qad. qabriston (miloddan avvalgi 6—3 a.lar). Jami 65 ta mozorqoʻrgʻon aniqlangan, ulardan 15 tasi milodning boshlariga taallukli; qolgan 50 tasining 31 donasi kavlab ochilgan. Kavlangan mozorqoʻrgʻonlar ostida 126 ta qabr qazib oʻrganildi. Mozorqoʻrgʻonlar tuproq va chaqirtoshlarni qabr ustiga toʻplab — uyum qilishdan vujudga kelgan. Ular ostidagi oʻrta qabrda 1 tadan 8 tagacha mayyit boshini gʻarbga qilib qoʻyilgan. Chirigan yogʻoch qoldiqlariga koʻra, oʻralar ustiga yogʻoch terilib soʻngra usti yopilgan. Bu davr urf-odati boʻyicha marxum oʻng tomoniga sopol idishlar (baʼzan maxsus tokchaga), jezdan pichoq, bigiz, paykonlar hamda jez, temir va suyakdan yasalgan taqin-choklar, baʼzan qoʻyning biror boʻlagi ham qoʻyilgan. Mahalliy aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil