Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi
Oqqo'rg'on tumani 2-son kasb-hunar maktabi | |
---|---|
[[File:|200px]] | |
Joylashgan yeri | |
Hosildor MFY Oʻzbekiston Toshkent, Oqqorgʻon, | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | kasb-hunar |
Asos solingan sanasi | 2007 |
Ochilgan sanasi | 2020 |
Maktab raqami | +998(90)321 68 89 |
Direktor | Xudaynazorova Ulugʻoy Ismoilovna |
Oʻquvchilar soni | 420 |
Classes | 14 |
Area | 3.46 gektar |
Website | https://t.me/ikkinchison_khm |
Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi[1] – Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi. 420 oʻringa moʻljallangan.
Ochilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda Oqqoʻrgʻon Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji sifatida malakali ishchi kadrlar tayyorlab berish uchun tashkil etilgan. Toshkent viloyati hokimyati oʻrta-maxsus, kasb- hunar taʼlimi boshqarmasi 12-mart 2007-yil 87-sonli buyrugʻi bilan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi „Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi 204-sonli qarorning birinchi bandi, 2003-yil 29 -oktabrdagi „Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashiga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida“gi 473-sonli qarorlarini bajarish maqsadida hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 2007-yil 7-martdagi 34 -sonli buyrugʻi asosida tashkil etildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5812 Farmoni[2] bilan Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi tashkil etilgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi – Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va ishlab shiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasidan biri hisoblanadi. Kasb-hunar maktabida 14 ta oʻquv xonasi, 9 ta oʻquv ustaxonasi, innovatsion xona, binolar soni 2 ta, sport zali, , siyosiy va badiiy adabiyotlarga ega axborot kutubxona markazi, 50 oʻrinli oʻquv zali, 120 oʻrinli faollar zali, 3 ta kompyuter xonasi va 50 oʻrinli oshxona mavjud. Taʼlim muassasasida 310 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil oladi.
- kunduzgi taʼlim, muddati 2 yil
- Manzil:[3] Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, Hosildor MFY, Porloq yoʻl koʻchasi 1-uy
Tayyorlanadigan kasblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi
- Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari
- Payvandlovchi
- Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash
- Tikuvchi
- Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
- Traktorchi-mashinist
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Oqqo'rg'on Kasb hunar maktabi“. YouTube. Qaraldi: 18-mart 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
- ↑ „Oqqoʻrgʻon tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi manzili“.