Oqiljon Husanov
Oqiljon Husanov (1932.04, Jizzax tumani, Ravotlik qishlogʻi – 2001-yilda vafot etgan[1][2][3]) — shoir. Oʻrta maktabni bitirgach (1940—1949), Samarqand dorulfununida (1949— 1954) taʼlim oladi. Samarqand viloyat gazetasi „Lenin yo‘lida“ musahhihlikdan masʼul kotib darajasigacha bo‘lgan lavozimga ko‘tariladi. Toshkentda „Mushtum“ (1960), „Sharq yulduzi“ (1967-1979) oynomalarida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, masʼul kotib sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oqiljon Husanov „Guliston“ (1980-2011) oynomasida turli lavozimlardan bosh muharrir o‘rinbosari darajasigacha xizmat qildi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Qo‘shiqchining taqdiri“ (1963)
- „Samarqand bulbuli“
- „Mehri daryolar“ (1971)
- „Bo‘lmagapga bo‘lishma“ (1973)
- „Qashqar go‘zali“ (1976)
- „Tog‘da o‘sgan bola“ (1975)
- „Tog‘da o‘sgan bola yohud jiyapning yangi sarguzashtlari“ (1980)
- „Sirli odam“ (1980)
- „Bulbulning go‘shti“ (1977)
- „Taqilmagan uzuk“ (1983)
- „Baxt qayerda“ (1987)
- „Qishloqqa sayohat“ (1988)
- „Ucholsa ham ucholmagan turna“ (1990)
- „Ustaning muhabbati“ (1991)
- „Go‘ro‘g‘li qissasi“
Oqiljon Husanovning yuqorida keltirilgan asarlarida pokiza va beg‘ubor yoshlik kechinmalaridan, ularning yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan hikoya qiladi. Uning ko‘p asarlari rus va qardosh xalqlar tillarida ham chop etilgan.
Yozuvchi 1982-yilda Oʻzbekistopda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-dekabr.
- ↑ https://arboblar.uz/uz/people/khusanov-okilzhon
- ↑ https://ziyouz.uz/ozbek-ziyolilari/oqiljon-husanov-1932-2001/
- ↑ Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oqiljon Husanovning surʼati (Wayback Machine saytida 2016-04-18 sanasida arxivlangan)