Oq mitti yulduzlar
Oq mitti yulduzlar — aynigan gazlardan iborat kichik oʻlchamli juda zich qaynoq yulduzlar[1]. Massalari Quyosh massasiga yaqin, lekin oʻlchamlari Quyoshga nisbatan taxminan 100 marta kichik boʻladi. Shu tufayli oq mitti yulduzlarning zichliklari juda katta — 105–109 kg/m3. Radiusi bir necha ming km, sirtidagi temperatura 10 ming K. Temperaturasi va spektri oq rangli yulduzlarga mos ekani hamda oʻlchamlari kichikligi sababli shu nom bilan ataladi. Galaktikamizdagi yulduzlarning 10% ga yaqini oq mitti yulduzlarni tashkil qiladi. Ushbu fizik holat yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bosqichlaridan biriga toʻgʻri keladi. Oq mitti yulduzlar massasi yukrridan 1,4 quyosh massasi bilan chegaralanganligini birinchi boʻlib hind astronomi Subrahmanyan Chandrasekhar koʻrsatgan. Hisob-kitoblarga koʻra, oq mitti yulduzlar normal yulduzlarning portlab, tashqi qobiqlarining fazoga tarqab ketishi natijasida vujudga kelgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Evry L. Schatzman. White Dwarfs. North-Holland Publishing Company, 1958. ISBN 978-0-598-58212-6.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.