Kontent qismiga oʻtish

Onkologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Onkologiya (yun. onkos — shish, oʻsma va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik jihatdan oʻrganadi va oʻsimtalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Eksperimental va klinik O. farq qilinadi. O. 20-asrda eksperimental tibbiyot yutuqlari (oʻsma hujayralarini koʻchirib oʻtkazish, keyinchalik esa tashqaridan taʼsir etib, hayvonlarda oʻsmalar hosil qilish) asosida shakllandi. Oʻsmalar insoniyatga juda kadimdan maʼlum (Gippokrat, K. Galen), unga oid dastlabki yozma manbalar miloddan avvalgi Misr, Xitoy va Hindistonda topilgan. O.ning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, Ibn Sino, nemis olimi R.[1]

Virxov, rus olimlari M. A. Novinskiy, N. N. Petrov va boshqalarning xizmatlari katta. Eksperimental O. (M. A. Novinskiy asarlaridan boshlangan, 1876) va nazariy O.da oʻsma hosil qiluvchi omil turiga qarab 3 asosiy yoʻnalish: virus O.si (fransuz olimi A. Borrel, 1903, amerikalik olim F. P. Raus, 1911), kimyoviy O. (yapon olimlari K. Yamagiva va K. Itikava, 1915) va radiatsion O. (fransuz olimi A. Lakassan, 1932) va boshqa shakllandi. Rus olimi L. A. Zilber oʻsmalarning virus-genetik nazariyasini ishlab chikdi. Klinik O.ning jadal rivojlanishi xirurgiya, radiologiya, kimyoterapiya, immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Gippokrat xavfli oʻsmalar kelib chiqishida tashqi omillarga alohida ahamiyat bergan, bunda u bemorga ruhiy va jis-man sifatlarini mujassamlashtirgan xrlda, har biriga xos (individual) yon-doshish kerakligini aytgan.

Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida oʻzining shaxsiy eksperimental va klinik tajribalari bilan birga oʻsmalarning kelib chiqishi, belgilari, ularni taniy olish va davolash usullarini qam bayon qilgan.

R. Virxovning hujayra patologiyasi nazariyasi tibbiyot, jumladan, O. tarixida keskin burilish yasadi.

Eksperimental O.ning asoschisi M. A. Novinskiy dunyoda birinchi boʻlib hayvonlarda xavfli oʻsmalarni biridanbiriga koʻchirib oʻtkazib, oʻsmalarning eksperimental shtammlarini hosil qilish uchun yoʻl ochdi. N. N. Petrovning nazariy va amaliy O.ga qoʻshgan hissasi ulkan. Uning "Oʻsmalar xaqida umumiy taʼlimot" (1910) monografiyasi O. tarixida shifokor-onkologlarning ilk dasturi boʻlib qoldi va oʻsmalar haqidagi bilimlarning keng tarqalishiga olib keldi.

Oʻzbekistonda O. fanining rivojlanishi P. F. Borovskiy, L. D. Vasilenko va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq. 1931-yilda Toshkentda Oʻzbekiston rentgen-radiologiya va oʻsma ilmiy tadqiqot instituti ochilib, 1940-yilgacha faoliyat koʻrsatishi, 1946-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida O. kafedrasi ochilishi, 1958-yilda Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituta tashkil etilishi, respublikadagi barcha tibbiyot institutlarida onkologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi O. sohasida keng koʻlamda tadqiqotlar olib borilishiga imkon berdi.

Oʻzbekiston onkologlari tomonidan oʻsmalar bilan birga uchraydigan kasalliklar, quyosh nurining oʻsma toʻqimalaridagi almashinuvga taʼsiri (J. M. Abdurasulov, K. Ye. Nikishin vab.), oʻsma kasalliklari epidemiologiyasi va on-kologik yordamni tashkil etish (N. Q. Murodxoʻjayev, K. G. Bobrina), xavfli oʻsmalar immunologiyasi masalalari (A. I. Nikolayev), oʻsmalarni rentgenologik (J. M. Abdurasulov), ultratovush (A. A. Fozilov) va radioizotop (N. Q. Murodxoʻjayev) usullar orqali aniqlash yoʻllari takomillashtirildi.

Xavfli oʻsmalarning eksperimental, kimyoviy va radiatsion kanserogenezi masalalari, onkologik kasallarni operatsiya qilib davolash ishlari yoʻlga qoʻyiladi. Onkologiya markazida oʻsmani ultratovush, elektr magnit maydoni (SVCH, UVCH), lazer nuri va fizik omillar yordamida mahalliy hamda umumiy giperterapiya usullarini qoʻllagan holda kompleks davolashning yangi usullari ishlab chiqildi.

O. fani hozirgi 3 yoʻnalishda rivojlantirilmokda: 1) normal hujayradan rak hujayraga oʻtish mexanizmini fundamental usullar orqali yechish; 2) aholi oʻrtasida ushbu kasallikka mo-yil boʻlgan va klinik belgilari yuzaga chikmagan kishilarda raknn immunologik usullar bilan aniklash; 3) xavfli oʻsmalarni immunologik usullar bilan davolashni takomillashtirish.

Xavfli oʻsma koʻpincha oʻlim bilan tugaydi. Shuning uchun deyarli hamma mamlakatlarda unga qarshi kurash olib boriladi. Bu ishga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro rakka qarshi kurash ittifoqi va agentligi rahbarlik qiladi.

Hozirgi Oʻzbekistonning yirik shahar va qishloqlarida O. dispanserlari va markazlari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Onkologiya markazi, respublika va shahar onkologiya dispanseri, shuningdek, tibbiyot intlarining O. kafedralarida O.ning eng dolzarb masalalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Narimon Murodxoʻjayev.[2]

  1. Saratonga olib keladigan oziq-ovqat, 2020-11-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-12-03
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil