Kontent qismiga oʻtish

Omdurman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Omdurman — Sudandagi shahar. Oq Nil daryosi boʻyida (uning Koʻk Nilga qoʻshilish joyida). Aholisi 230 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Hartum va Shimoliy Hartum shaharlari bilan birlashib yirik aglomeratsiyani tashkil etadi. Savdotransport markazi (chorva, teri, matolar bilan savdo qilinadi). Toʻqimachilik, teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Islom universiteti, Milliy teatr, Maxdi Muhammad Ahmad maqbarasi bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil