Kontent qismiga oʻtish

Oltin sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oltin sanoati, oltin qazib chiqarish sanoati— kon sanoatining tugʻma va sochma konlardan oltin qazib oluvchi tarmogʻi. Oltin qazish juda qadim davrdan maʼlum. Turli mamlakatlarda: Gana (1471), Meksika (1500), Peru, Chili (1532), Braziliya (1577), Rossiya (Ural, 1745), Kanada (Kvebek, 1823), AQSH (Kaliforniya, 1848; Kolorado, 1858; Alyaska, 1890), Avstraliya (1851), JAR (1884) va boshqa mamlakatlar hududlarida oʻrta asrlardan boshlab boy oltikumirkonlari topilgan va qazib olingan. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida yirik oltin konlarining ochilishi va texnikaning umumiy taraqqiyoti Oltin sanoatining rivojla-nishiga zamin yaratdi. Dunyo boʻyicha 15-asrda 763 t, 17-asrda 914 t, 18-asrda 1890 t, 19-asrda 11616 t oltin olindi.

Oʻrta Osiyoda, xususan, hozirgi Oʻzbekiston yerlarida oltin qazib olish va undan turli taqinchoklar, zargarlik bu-yumlari, bezaklar yasash miloddan avvalgi 6—5-asrlardayoq mavjud boʻlgani arxeolo-gik topilmalardan maʼlum. Tarixda Oʻzbekiston hududida 5-asrgacha, 5—12- a. larda va 17—20-asrlarda oltin qazib olingan 30 dan ortiq koʻxna oltin konlari boʻlgani aniklangan. Tugma (erkin uchraydigan) oltin konlarini oʻzlash-tirishga qadar oltin, asosan, sochma konlarda ibtidoiy usullarda — oltin zarralari aralash qumni qoʻy terisi qoplangan yogʻoch togʻoralarda yuvib, aj-ratib olingan. Sochma oltin olish 10— 11-asrlarda Chatqol, Chirchiq, Norin, Koson, Soʻx, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganligi haqida manbalarda maʼlumotlar bor. Oʻrta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga moʻgʻullar bosqiniga qadar Chatqol — Qurama, Nurota togʻlarida, Markaziy Qizilqumdagi konlardan tugʻma oltin qazib olingan. Moʻgʻullar bosqinidan keyin Oʻrta Osiyoda kon qazish ishlari asta-sekin inqirozga yuz tutdi, koʻpgina oltin konlari unutildi.

Oʻrta Osiyoning mineral xom ashyo resurslarini oʻrganishda 19-asrning oxirgi choragida jiddiy ishlar olib borildi: oʻlkaning barcha joylarida tadqiqotlar oʻtkazildi, geologik haritalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. 1917-yilgacha Chirchiq, Piskom va Chatqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchilar korxonalari oltin olish bilan shugʻullanganlar, 1913—17 yillarda Obirahmat darasi (Toshkent viloyati)dagi "Nikolay" oltin konidan foydalanilgan. 1930-yillar boshida "Oʻzbekoltinnoyobmet" tresti tashkil etildi. Oʻsha yillari Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama togʻlarida oltin izlovchilar oltinni qumni yuvish usulida ajratib olar, yillik oltin bir necha oʻn kg dan oshmas edi. Keyinchalik oʻsha joylarda rudali oltin konlari topildi. 1941—45 yillarda oltin izlovchilik (artel) yoʻli bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyib 50 kg ga yetdi. 1950-yil sochma oltin izlash ishlari toʻxtatildi. 1950-yillardan rudali oltin konlarini izlash va razvedka qilish boʻyicha olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida Qoraqoʻton, Bichanzor, Pirmirob, Gʻoʻzaksoy, soʻngra Qoʻshbuloq, Muruntov, Chormiton, Marjonbuloq, Kauldi, Kizilolmalisoy, Sarmich va boshqa ruda konlari to-pildi.

1965-yil SSSR rangli metallurgiya vazirligiga boʻysunuvchi "Oʻzbekoltin" birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Qazib olgan flyus rudalaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mis eritish zavodida oltin ajratib olish yoʻlga qoʻyildi. 1970-yilda Chodak oltin koni ishga tushirildi. Oʻsha vaqtdan respublikada Oltin sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillarga nisbatan 3-marta koʻpaydi. 1972-yilQoʻshbu-loq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977-yil Kauldi, 1980-yil Mar-jonbuloq oltin qazib olish majmu-asi, 1989-yil Zarmitan va Qizilolmalisoy konlari foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan Oʻzbekiston hukumati uzoq yillar davomida SSSRning Markaziy hukumati ixtiyorida boʻlgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustakilligini mustahkamlash yoʻlida rivojlantirish boʻyicha bir qancha tashkiliy choralarni koʻrdi.

Oʻzbekiston rivojlangan kon qazib olish sanoati hamda yirik resurs potensialiga ega boʻlib, 1999-yildan eʼtiboran yillik oltin qazib chiqarishni keskin koʻpaytirdi. Respublika oltin qazib olish sanoatining yirik markazi "Qizilqumnodirmetall-oltin" konsernining (1991) bosh korxonasi — Navoiy kon-metallurgiya kombinatiyapr. Oltin qazib olish boʻyicha "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi 1995-yildan boshlab samarali faoliyat yurgizib kelmokda. Korxona yiliga 10 t dan ziyod oltin ishlab chikaradi.

1995-yil Markaziy Qizilqumdagi Amantaytov oltin konini oʻzlashtirish maqsadida Buyuk Britaniyaning "Oksus Mayning" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Amantaytau Golfildz" (AGF) qoʻshma korxonasi tuzildi. Loyihaning ilk bosqichi amalga oshirilishi bilan koʻzda tutilgan ishlab chiqarish unumdorligiga eri-shiladi. Chormiton oltin konini ishga tushirish koʻzda tutilayotgan "Maltipleks Mayning" (Avstraliya) kompaniyasi bilan hamkorlikda Zarmitan loyihasi ham nihoyasiga yetkazilmoqda. Yiliga 9 t oltin ishlab chiqarish imkoniyatini bera-digan ushbu loyihani amalga oshirish uchun sarflangan dastlabki investitsiya hajmi 69,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (2003).

Toshkent va Namangan viloyatlarida joylashgan konlarda oltin kazib chiqarish ishlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Uning tarkibida Angren, Kauldi va Chodak konchilik korxonalari, Angren va Chodak oltin ajratish fabrikalari faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston oltini asillik darajasi (probasi) jihatdan jahonda oldingi oʻrinlarni egallaydi. Oʻzbekiston O.yeda bir yilda 80 t atrofida oltin ishlab chikariladi. 1994-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan (yana qarang Zargarlik sanoati, Rangli metallurgiya).

Nurmuhammad Ahmedov, Yuriy Paramonov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil