Kontent qismiga oʻtish

Olov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olovning bir koʻrinishi — gulxan.

Olov deb alangalanish natijasida zudlik bilan oksidlanish jarayoniga aytiladi. Bunda issiqlik, yorugʻlik va turli kimyoviy reaksiya mahsulotlari ajralib chiqadi.[1] Zanglash va hazm qilish kabi sekin oksidlanish jarayonlari olov emas.

Olovning koʻrinuvchi qismi alanga deyiladi. Alanga atrofdagi gazlarni qizdiradi, kuchli olov ularni hatto ionlashtirib, plazmaga ham aylantirishi mumkin.[2] Alanga rangi va intensivligi yoqilgan moddalar va atrofdagi gazlarga bogʻliq.

Olov global ekologik tizim va kundalik hayotda muhimdir. Olov isitadi, undan hosil boʻlgan kul oʻgʻit sifatida ishlatilishi mumkin. Biroq olovni qoʻllaganda ehtiyotkorlik zarur, yoʻqsa yongʻin sodir boʻlib, jiddiy jarohatlar, eroziya va atmosfera kirlanishiga olib kelishi mumkin.

  1. „Glossary of Wildland Fire Terminology“. 2008-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-iyun.
  2. Helmenstine, Anne Marie „What is the State of Matter of Fire or Flame? Is it a Liquid, Solid, or Gas?“. About.com. 2009-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-yanvar.